Kontent qismiga oʻtish

umid

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

umid

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

UMID Bu tojikcha ot asli umed tovush tarkibiga ega boʻlib (ТжРС, 402), oʻzbek tiliga ikkinchi boʻgʻivdagi e (ye) tovushini i tovushiga almashtirib olingan; 'bir ishning amalga oshuvini istab kutish' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 274).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

[f. — ishonch; orzu, tilak,

istak] 1 Biror istakning amalga oshishiga boʻlgan ishonch; ishonch bilan kutish; eʼti-qod. ◆ Sizdan umidimiz katta. Sendan umi-dim shumi? n ◆ Taassufki, otamning Aziz-bekdan boʻlgan umidi boʻshga ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar ◆ ..bu kambagʻalchilik yorugʻ dunyodan boʻlgan umidimizni emas, yorugʻ dunyo-dan boʻlgan umidimiz bu kambagʻalchilikni yeb, kemirib tashlayotipti. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

2 Biror narsa qilishga, biror narsaga erishishga boʻlgan ichki intilish, ichki hissiyot; istak, orzu, niyat. Hayotni bilish va undan oʻzining loyiq oʻrnini topishga intilish — ◆ har bir kishining umidi. Shuqrat, „Shinelli yillar“ . ◆ Oʻzganiki boʻlsa ham, oʻgʻil qilib olaylik, degan umidda bola qidirib yuribmiz. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Qizga ota-onasi katta umid bilan Subh deb nom qoʻy-gan ekanlar. Mirmuhsin, „Al Ma\diy“ .

Umid bogʻlamoq Orzu qilgan narsaning amalga oshishiga, bunda birovning koʻmagi-ga umid bilan qaramoq. ◆ -Kim agar gʻalabaga umid bogʻlasa, albatta, gʻolib keladi, — dedi Joʻraxon. Nazarmat, „Joʻrlar baland say-raydi“ . ◆ Bobur mirzo hali yoshlar. Men ham shu zotga umid bogʻlagan edim.. P. Qolirov, „Yul-duzli tunlar“ . Umid qilmoq 1) ayn. umid bogʻ-lamoq. ◆ Yurtda adolatli davlat.. koʻrmoq orzusida boʻlgan Navoiy Husayn Boyqarodan koʻp narsa umid qilar edi. Oybek, „Navoiy; 2) orzusida (niyatida) boʻlmoq“ . ◆ Qudrapsh qa-notingiz ostida birim ikki boʻlishini umid qilib keldim. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .

3 Umid (erkaklar ismi).

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

УМИД. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

umid (koʻplik umidlar)

Tillar

[tahrirlash]

umid
1 надежда, чаяние, упование; ◆ umid uzmoq терять надежду, отчаиваться; разочаровываться; ◆ uning umidi kesildi (или uzildi) или ◆  uning umidi puchga chiqdi он потерял всякую надежду (на что-л.); ◆ Shu bilan umidingiz uzildimi? (А. Ќаћћор, «Сароб») Итак вы потеряли надежду?; ◆ sizdan umidim katta я возлагаю на вас большие надежды; ◆ sendan umidim shumidi? разбе я этого от тебя ожидал?; я от тебя этого не ожидал; ◆ joningdan umiding bormi?! ты ещё надеешься остаться живым?; ты хочешь жить?! (угроза); ◆ chiqmagan jondan umid см. chiqmoq 1;
2
шанс, шансы; виды (на что-л.); расчёт; ◆ umid bogʻlamoq (или qoʻymoq, qilmoq) 1) надеяться, уповать, иметь (питать) надежду; возлагать надежду (на кого-что-л.); 2) рассчитывать, иметь виды (на кого-что-л.);
3 Умид (имя собств. мужское).