Kontent qismiga oʻtish

tirsak

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tir-sak

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TIRSAK 'qoʻlning bilak suyagi bukiladigan jo-yi'. Karim t i r s a g i b i l a n Oytoʻtini se kingina turtib qoʻydi (Oydin). Bu ot qadimgi turkiy tilda asli 'yigʻ-', 'bukla- maʼnosini anglatgan tir-feʼlining (ЭСТЯ, III, 205; Devon, I, 441: tirnäk) 'moyil’ maʼnosini ifodalovchi —si qoʻshimchasini olgan shakli dan ’takror’ maʼnosini ifodalovchi -gä qoʻshimchasi bilan hosil qilingan shakliga -k qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan; oʻsha davrlardayoq ikkinchi boʻgʻindagi tor unli (Devon, III, 430), soʻngra g undoshi talaffuz qilinmay qoʻygan (ДС, 563): [(tir—n si = tirsi—) gä = tirsigä—] k = tirsigäk > tirsgäk > tirsäk.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
I 1 Qoʻlning bilak suyagi bilan yelka suyagi qoʻshiladigan, bukilib bur-chak hosil qiladigan joyi, boʻgʻimi. Nazo-kat tirsagini stolga qoʻydi-da, chiroyli panjalari bilan yuzlarini silab, noz va erkalik bilan soʻz boshladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. -Hammasini qanchaga bera-san? — deb Karim tirsagi bilan Oytoʻtini sekingina turtib qoʻydi. Oydin, Fonar tagida. Bondar chiqayotib, Anna Ivanovnaning tirsagidan odob bilan tutdi. Shuhrat, Shi-nelli yillar.

2 Yengning qoʻlning shu yeriga toʻgʻri ke-ladigan joyi, qismi. ◆ Turobjon eshikdan hov-liqib kirar ekan, kalami yaktagining yengi zulfinga ilinib, tirsakkacha yirtildi. A. Qahhor, „Anor“ .

3 Narsalarning burchak hosil qilib bu-kilgan joyi yoki qismi. Trubaning tirsagi. Valning tirsagi. m ◆ Eʼtiborsizlik, shosh-kaloklik kilinadi-yu, chiziqdan chikishadi: lova muyulishida past-balandlik, bir metr keladigan qiytiq tirsak paydo boʻlib qoldi. Y. Shamsharov, „Qahramonning yoʻli“ .

4 tar. Uzatilgan qoʻl barmoqlarini uchi-dan tirsagigacha boʻlgan masofaga teng uzun-lik oʻlchovi birligi (taxminan yarim metr yoki undan oshiqroq).

Tirsakni tishlab boʻlmas Koʻrinib turgan, ammo qoʻlga kiritib boʻlmaydigan narsa yoki amalga oshmaydigan orzu va shu kabilar haqida aytiladigan matal.

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tir-sak

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
II Tilda paydo boʻladigan soʻ-galsimon boʻrtiq, chiqiq; sariqcha. ◆ Tilimga tirsak chiqibdi.
Tilingga tirsak chiqarmidi Aytish, gapirish lozim boʻlgan gapni aytmagan, bildirmagan shaxsga nisbatan qoʻllanadi. ◆ "Kechiringmeni, sizni bilmay..", desa tiliga tirsak chsharmidi?

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТИРСАК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tirsak I
1
локоть; // локтевой; tirsagiga suyanmoq опираться на локоть, облокатиться; koʻylakning tirsagi yirtilibdi локоть у рубашки порвался; ◆ tirsakni tishlab boʻlmas погов. близок локоть, да не укусишь;
2 тех. колено (напр. трубы).

tirsak II
нарост на кончике языка, типун; ◆ tilimga tirsak chiqibdi у меня на языке типун.