Kontent qismiga oʻtish

tasma

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tas-ma

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Uzun, ensiz teri. ◆ Botir arslonni oʻldirib, terisidan bir tasma oldi. "Ertaklar" .

2 Shunday koʻrinishda boʻlgan, bogʻlash, biriktirish va shu kabilar uchun ishlatiladigan, teri yoki pishiq matodan yasalgan ensiz buyum; qayish, kamar. ◆ Yugan tasmasi. Miltiq tasmasi. ◆ Boboqul ota qoʻzichoqning qoʻltigʻidan brezent tasma tortardi-da, kichkinagina tarozining ilgagiga ilib koʻtarardi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ ◆ Keyin qizil dastali ustarani tasmaga shart-shart qayrab, chamadonga joylashtirdi. "Guldasta" ◆ Boshliq oriq, choʻzinchoq yuzli, bir koʻzi ingichka tasma bilan boylangan novcha kishi edi. S. Ahmad, „Hukm“

3 Baʼzi bir mexanizmlar yoki transport moslamalarining toʻxtovsiz harakatlanishi va boshqa vazifa uchun qoʻllanadigan, charm yoki boshqa pishiq toʻqimadan ishlangan uzun buyum; lenta. ◆ Ventilyatsiya tasmasi. ◆ Yaqin kelgusida hozirgidan uch baravar koʻpga chidaydigan kapron tasma ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. S. Abdullayev, „Gazlamaning "umri"“ . ◆ Shpindellarni harakatga keltiruvchi tasma, ventilyatorlarning shkivlari shu vaqtgacha oʻrnatilmabdi. Gazetadan

4 koʻchma. Lenta. ◆ Bir dam olish kuni Toshkent radiosidan ikkita muxbir kelib, soʻzimizni magnit tasmasiga yozib oldi. T. Rasulov, „Sarbon“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТАСМА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tasma
1 полоса; тесьма; лента; ◆ Botir arslonni oʻldirib, terisidan bir tasma oldi («Эртаклар») Богатырь убил льва и вырезал ленту из его шкуры;
2 ремень, пояс; ремешок; ◆ belga tasma bogʻlamoq опоясываться ремнем; ◆ soat tasma si ремешок для часов;◆ miltiq gʻilofining tasmalari ремешки ружейного чехла;
3 спец. приводной ремень;◆ motorning tasmasi приводной ремень мотора; ◆ 

  • tasma bel стройный стан; стройная фигура.