Kontent qismiga oʻtish

rezina

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

re-zi-na

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

lot. resina — qatron (smola) < yun. retine — yogʻoch qatroni

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Kauchukni vulkan-lash yoʻli bilan olinadigan elastik mah-sulot va undan tayyorlangan narsa, buyum. ◆ Dagʻal rezina. Rezina etik, n ◆ Emin qaradi: avtomatchi nemislar daryoning kun chiqish qirgʻogʻidan rezina qayiqda shu tomonga toʻp-pa-toʻgʻri bosib kelayapti. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Qoʻshnisinikidan oʻn besh metrli rezina shlang opchiqib berdi. S. Ahmad, „Say-lanma“ ..

  • Rezina - (lotin. resina - qatron, smola demakdir) - kauchukni vulkanlab olinadigan elastik materialdir. Vulkanlash darajasiga muvofiq rezinalar yumshoq, yarimqattiq va qattiq (ebonit) turlarga bo'linadi. Rezina buyumlarining soni 30 mingdan ziyoddir, bu uning ko'p sohalarda ishlatilishidan dalolat beradi[1].

antistatik rezina - elektr o'tkazuvchi rezinaga qarang.

elektr o'tkazuvchi rezina - yuqori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan rezina bo'lib, elektrstatik zaryad to'plamaydi.

ko'pikli rezina - ochiq kavoklarga ega g'alvirak rezina bo'lib, lateksli aralashmalarni ko'pirtirib, keyin vulkanlab olinadi.

mikrog'ovakli rezina - aralash xarakterga ega bo'lgan g'ovakli g'alvi¬rak rezina bo'lib, kavak hosil qiluvchi modda qo'shilgan rezina aralashmasidan va ko'pirtirilgan lateksli aralashmadan olinadi.

moybenzinga chidamli rezina - doimiy surkov moylari va benzinlar ta'siriga chidamli kam bo'kuvchan va kam eruvchanlik xossaga ega bo'lgan rezina.

g'alvirak rezina - lateks yoki kavak hosil qiluvchi modda qo'shilgan kauchukdan olinadigan g'ovakli material.

g'ovak rezina - katta va bir-biri bilan tutash bo'lgan g'alvirak rezina bo'lib, rezina aralashmasiga kavak hosil qiluvchi modda qo'shib olinadi.

o'rtaqattiq rezina - qattiqligi ebonitnikidan kam, lekin yumshoq rezinadan yuqori bo'lgan rezina.

yumshoq rezina - yuqori elastiklikka va nisbatan pastroq qattiqlikka ega bo'lgan rezinadir.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

РЕЗИНА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

rezina
резина; // резиновый; ◆ rezina buyumlar резиновые изделия; ◆ rezina sanoati резиновая промышленность.


Adabiyotlar ro’yxati

[tahrirlash]
  1. N.Sh.Kattayev, G.A.Ixtiyarova vа bosh. Kimyo texnologiyasi Darslik.O’zbekiston nashriyoti. 2012 .400b. ISBN 978-9943-391-36-9