Kontent qismiga oʻtish

quchoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qu-choq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QUCHOQ 'ikki qoʻl bilan qamrab oʻz bagʻriga bosish holati'. Gʻulomjon onasining issiq quchogʻidan boʻshab, sekin oʻrnidan turdi (Mirzakalon Ismoiliy). Bu ot qadimgi turkiy tilda 'ikki qoʻl bilan bagʻirga bos—' maʼnosini anglatuvchi quch- feʼlidan -(a)q qoʻ-shimchasi bilan yasalgan; keyinchalik oʻzbek tilida q un — doshi oldidagi a unlisi â unlisiga almashgan: quch— aq = quchaq > quchâq. Mahmud Koshgʻariy lugʻatida bu soʻzning 'ikki qoʻl bilan qamrab olishga teng miqdor' maʼnosi aks ettirilgan (bu maʼno OʻTILda shu soʻzning uchinchi maʼnosi sifatida berilgan).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Ikki qoʻlning old qismini birlashtirib, oraligʻiga biror shaxs yoki narsa olinadigan (olingan) holat. Shaxrodaxon Olchinbekning quchogʻidan zoʻrgʻa sugʻurilib chiqib oldi. K. Yashin, Hamza. Toʻlan siltanib, Yoʻldoshning quchogʻidan chiqishga urindi. Yoʻldosh Toʻlanga yopishib olib, hamon yalinyapti. S. Siyoyev, Avaz. Tizzasini quchogʻi-dan qoʻyib yuborib, unga intildi. S. Ahmad, Ufq.

Quchoq ochmoq (yoki yozmoq) 1) bagʻriga olish uchun qoʻllarini yozib koʻtarmoq. Zumrad quchogʻini ochib, hovliga otildi: -Keldingmi, qoʻzichogʻim? — u oʻgʻlini achom qildi. S. Siyoyev, Otliq ayol. Qiz quchogʻini ochsa, yigit yoʻq deydimi! I. Rahim, Chin muhabbat. ◆ Koʻrish-gani quchoq yozib kelayotgan kampirning ust-boshini koʻrib, [Sharofatning] zahri bir oz tarqaldi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqgtari; 2) xursandlik, shodlik bilan (kutib ol-moq)“ . ◆ Zarbdor qurilishlar yoshlarni quchoq ochib qarshshtydi. sh Sizlar bilan qutlab, quchogʻim Ochay yangi, navqiron yilga. Gʻay-ratiy.

2 koʻchma poet. Ogʻush, bagʻir. Tabiat quchogʻida yayramoq. Bola uyqu quchogʻida. U shirin xayollar quchogʻidan chiqolmas edi. am -Koshkiydi qishlogʻimizga kelsang, — dedi Komil kulib. — Bizda xalq doktorni juda izzat kiladi. Agar Toshkent quchogʻidan ayrila bilsang. Oybek, O.v. shabadalar. Mana, siz, farzandlarim, Yoshligingiz zabardast. Maktab — ilm quchogʻida Oʻsasiz oʻqib, yayrab. Q. Mu-hammadiy. Suvonjon eshikni kuch bilan ochib, oʻzini boʻronning quchogʻiga otdi. S. Anorboyev, Oqsoy.

3 Quchoqqa sigʻadigan oʻlchov miqdorni bildiradi (odatda, son-miqdor bildiruvchi soʻzlar bilan, shuningdek, takror holda — quchoq-quchoq kabi qoʻllanadi). ◆ Ikki quchoq oʻtni oxurlarga tailladi. Quchoq-quchoq matolar. sht U bir quchoq oʻtin terib kelgani-da, Sultonov.. yuzlari oppoq oqarganicha, choʻzilib yotar edi. M. Mansurov, „Yombi“ . ◆ Bir ozdan keyin komissar uni chaqirib, bir quchoq xat topshirdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚУЧОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

quchoq
1 объятие; tabiat quchogʻida на лоне природы; quchogʻiga olmoq заключить в объятия, обнять; ◆ quchoq ochib qarshilamoq встречать с распростёртыми объятиями;
2 охапка; ◆ quchoq-quchoq охапками; ◆ bir quchoq oʻtin охапка дров;
3 обхват; ◆ quchoqqa sigʻmas необъятный; ◆ quchoqqa sigʻmaydigan katta chinor большая чинара, которую не обхватить.