Kontent qismiga oʻtish

qodir

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qo-dir

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arab. – kuchli, qudratli, qudrati yetadigan; layoqatli; Allohning sifatlaridan biri;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. Biror ishga kuchi, qudrati yetadigan; qudratli. ◆ Ozodxalq, baxtiyor xalq, Har bir ishga qodir xalq. E. Rahim. ◆ Urush har qancha dahshatli boʻlsa ham, hayotni toʻxtatib qolishga qodir emas. H. Gʻulom, „Toshkentliklar.“

2. Imkoniyati bor (moddiy va b. jihatdan). ◆ Koʻp otalar shu juzʼiy yordamga har hafta uch tiyin, besh tiyin berishga qodir emaslar. Oybek, „Tanlangan asarlar.“ ◆ Qurol ushlashga qodir yaradorlar ham oʻq otar! I. Raxim, „Mangulik qoʻshigʻi.“ ◆ Hozircha oʻn juft mahsi berishga qodir ekanini soʻzladi. Oybek, „Tanlangan asarlar.“

3. Qodir (erkaklar ismi).

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚОДИР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qodir
1 могущий, способный (что-л. сделать); ◆ qodir boʻlmoq быть в состоянии; мочь; ◆ yangi texnikani oʻzlashtirishga qodir kadrlar кадры, способные освоить, новую технику; ◆ qodir emas он не может, не в состоянии, ему не по силам;
2 Кадыр (имя собств. мужское).