Kontent qismiga oʻtish

qarich

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qa-rich

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QARICH 'yozilgan panjaning bosh barmoq uchidan jimjiloq uchigacha boʻlgan uzunlik', 'shunday uzunlik oʻlchovi'. Togdan esgan shabada yerdan bir yarim h a -r i ch koʻtarilgan gʻoʻzalarning barglarini shivir— laydi (Parda Tursun). Qadimgi turkiy tilda ham shun — day maʼnoni anglatgan bu soʻz asli 'koʻkrak oʻrtasidan qoʻlning uchigacha boʻlgan uzunlik' maʼnosini anglatgan qarï otidan (Devon, III, 242, ; DS, 426) kichraytirish maʼnosini ifodalovchi —sh qoʻshimchasi bilan hosil qilingan (Devon, I, 350; ССТТН, II, 13; ТРС, 319; КРС, 356); keyinchalik oʻzbek tilida —sh qoʻshimchasi —ch shak— liga almashgan; a unlisi ä unlisiga almashgan, ï unli — sining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qarï sh = qarïsh > qarïch > qärich.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Yozilgan panjaning bosh bar-mogʻi uchidan jimjiloqning uchigacha boʻlgan masofa; shu masofaga teng eski uzunlik oʻlchovi. ◆ Kiprik ulay qarichday.. E. Oxunova . ◆ Togʻdan esgan shabada yerdan bir yarim qarich koʻtarilgan gʻoʻzalarning barglarini shivir-latdi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Saidiy.. Salim-xonning oʻzidan bir qarich nariga jilishini xohlamaydi. A. Qahhor, „Sarob“ .

Bir qarich Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, belgi, holatni kuchaytiradi. ◆ Shu qizni bir qarichligidan tarbiyalab, yedirib, kiydirib, mana voyaga yetkazdim. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ Xoʻjayinning laychasi-ku, burnini bir qarich koʻtarganiga hayronman. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . [Kumush] Zaynabning bir kart osilib ketgan kovok-dudogʻiga istehzo-lanib, tomosha qilar edi. A. Qodiriy, Oʻt-gan kunlar. Tili bir qarich Tili uzun, ogʻzi botir, ran bilan maqtanadigan. ◆ Hoy, oʻgʻlim! Qilgʻilikni kilib koʻyib, tagʻin nega ti-lingni bir qarich qilasan?\. Nazir, „Bir tup gʻoʻza“ . ◆ Tili bir qarich boʻlib, "undoq qildim, mundoq qildim", deya koʻkragiga uradi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚАРИЧ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qarich
меры длины, равная расстоянию между концами вытянутых большого пальца и мизинца; пядь; ◆ boʻyi bir qarich, soqoli ikki qarich загадка ростом в одну пядь, а борода - в две пяди (кукуруза);◆ 

  • bir qarich yer пядь земли; ◆ bir qarich bola малое дитя, ребёнок, малютка; мальчик с пальчик; tili bir qarich см. til.