ovoz
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]o-voz
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]OVOZ Bu tojikcha ot (ТжРС, 282) 'oʻpkadan zarb bilan chiqarilayotgan havoning ovoz paychadariga urilishi bilan tebranishi natijasida, shovqin koʻshilmagan holda hosil boʻladigan tovush' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 518).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
f. jljf — tovush, shovqin, sado; mish-mish; qoʻshiq
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Gapirish, qichqirish, kuylash, sayrash paytida oʻpkadan chiqayotgan havoning urilishi bilan tovush paycha-larining tebranishidan hosil boʻladigan tovush; sado, sas. ◆ Baland ovoz. Past ovoz. Mayin ovoz. Musichalarning kukulashgan ovozi eshitilar edi. m ◆ Anvar Muqaddamning ovozini eshitib, burilib qaradi-yu, uning vahimadan katta-katta ochilib turgan koʻzlarini qorongʻilikda aniq koʻrdi. U. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Bu yerda ming turli qushlar ming turli ovoz bilan sayrab, anvoyi gylJShp ochilib, atrini sochib yotgan ekan. S. Zunnunova, „Olov“ .
- Ovoz pardalari Tovush hosil boʻlishida qatnashuvchi ogʻiz boʻshligʻidagi paychalar. ◆ Men seni kuylamoq istayman. Ammo shunday kuy-lasamki, Iirtilib ketsa ovoz pardalarim... A. Oripov, „Yillar armoni“ . Ovozing chiqma-sin yoki ovozingni chiqarma Jim boʻl, da-mingni chiqarma. Ovozing oʻchgur! qargʻ. Oʻlgur! Yashamagur! Ovozingni oʻchir! Jim boʻl!
2 Tovushning kuylashdagi past-baland-lik, jarangdorlik darajasi. ◆ Ovozi yaxshi ashulachi. Ovozi oʻtkir. sht Sharofning qon bosimi kuchayib, yurak urishi avjiga yetgan payt direktor hamdardona ovozda dedi: - Tushu naman, hammamiz ham yoshlikda oʻt-olov boʻlganmiz, koʻzimizga fil ham chumolicha koʻ-ringan. "Yoshlik" .
- Ovozi buzilmoq 1) tomoq, tovush pay-chalari shamollashi yoki zoʻriqishi nati-jasida ovozi oʻzgarmoq, ishdan chiqmoq; 2) koʻchma balogʻatga erishib, ovozi doʻrillab, yoʻgʻonlashib qolmoq.
3 Vokal musiqa asarida har bir kuychi uchun belgilangan partiya. ◆ Ikki ovoz uchun yozilgan romans.
4 Narsalarning urilishi yoki haraka-tidan chiqadigan tovush. ◆ Qarsak ovozi. Toʻq-moq ovozi. Shamol ovozi. Momaqaldiroq ovozi. Coam ovozi. Dutor ovozi. v ◆ Yigirma ol-tinchi kupi tongotarda gumburlab chalina-yotgan karnay ovozidan uygʻonib ketdim. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ . ◆ Uzoqdan har zamon toʻp ovozi eshitilar edi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ .
5 koʻchma Fikr, mulohaza. ◆ Sharq yozuvchi-larining ovozi. n ◆ -Sizga oʻxshash dallollarga hojat yoʻq. Siz xalq boʻronini toʻsmoqchi-misiz? Ovozini boʻgʻmoqchimisiz? Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
6 Ichki his-tuygʻular nidosi, amri. ◆ Gʻulomjon yuragida portlagan gʻazab uvvosiga emaye, insof ovoziga quloq soldi. M. Ismoi-liy, „Fargʻona t“ .o. ◆ Lekin qamoq ham shoirning irodasini bukolmadi, ovozini soʻndirolmadi. "Saodat" .
7 Davlat va jamoatchilik tashkilot-larida saylov oʻtkazish yoki biror masalani qal qilishda saylovchilar yoki majlis ishtirokchilaridan har birining alohida fikri, oʻz fikrini bayon etish huquqi va usuli. ◆ Hal qiluvchi ovoz. Maslahat ovozi. yash Rais har ikkala taklifni oʻrtaga tashla-ganda, Xolmatjon sakkiz ovoz ortiq oldi. S. Ahmad, „Ufq“ .
- Bir ovozdan Barcha ishtirokchilarning roziligi bilan, yuz foiz ovoz bilan; bir ogʻizdan. ◆ Qaror bir ovozdan qabul qilindi. ■■ ◆ Oʻn bir olim bir ovozdan, ilmiy darajasiz ishlaydigan ahmoq yoʻq, deb turib olishdi. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ . Yopiq (yoki yashirin) ovoz bermoq Saylovda byulleten tashlash yoʻli bilan oʻz maylini bildirmoq. ◆ Deputapiar saylashda yashirin ovoz bershtdi. Ovoz bermoq 1) tovush chiqa-rib chaqirmoq yoki chaqiriqqa javob bermoq. ◆ Eshikni taqillatdim, hech kim ovoz bermadi; 2) biror masalaning hal etilishiga, „oʻrtaga qoʻyilgan taklifga yoki saylash, saylamas-likka oʻz maylini bildirmoq“ . Ovozga qoʻymoq
- Biror masalani hal qilish yoki saylashda majlis ishtirokchilarining shu masala haqidagi fikrini, roziligini, maylini soʻramoq. ◆ Elmurod borganda, byuro tuplangan, kimningdir nomzodini ovozga qoʻymoqda edi-lar. Shuxrat, „Shinelli yillar“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ОВОЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Nido
[tahrirlash]ovoz
Tillar
[tahrirlash]OʻTIL
Ruscha ru
ovoz
1 голос, звук; ◆ baland ovoz bilan громким голосом, громко; ◆ muzikaning ovozi keldi послышались звуки музыки; ◆ ovozi boricha во весь голос; ◆ ovoz chiqarmoq 1) издавать звук, звучать; 2) подавать голос, заговорить; ◆ ovoz chiqarib oʻqimoq читать вслух; ◆ ovozingni chiqarma! молчи!; ◆ ovozini barala qoʻyib полным голосом, во весь голос; ◆ ovozi oʻchdi презр. он замолк; ◆ ovozingni uchir! замолчй!;◆ ovozing oʻchgur! бран. (букв. чтоб твоего голоса не было слышно) чтоб ты сдох!; ◆ ovozim boʻgʻilib qoldi я охрип;
2 перен. голос (при голосовании); ◆ bir ovozdan единогласно; ◆ koʻpchilik ovoz bilan большинством голосов; ◆ kupchilik ovozni olmoq получать большинство голосов; ◆ maslahat ovozi совещательный голос; ◆ hal qiluvchi ovoz решающий голос; ◆ ovoz bermoq голосовать (за кого-что-л.), отдавать свой голос; ◆ ovozga qoʻymoq ставить на голосование; ◆ ovozga qoʻyilmoq баллотироваться, ставиться на голосование; ◆ yashirin ovoz berish тайное голосование.