musiqa
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]mu-si-qa
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash][a. >*< yun. musike — mu
zalar sanʼati] 1 Inson hissiy kechinma-lari, fikrlari, tasavvur doirasini mu-siqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. ◆ Hind musiqasi. m ◆ Ibn Sino sharqda sanʼat nazariyotchisi, ayniqsa, musiqa il-mining bilimdoni sifatida tez-tez tilga olinadi. "Guliston" . ◆ Oʻzbek musiqasi va qoʻshiqchiligi tarixida ochilmagan qoʻriq — estrada sanʼati edi. Gazetadan.
2 Shu sanʼatning cholgʻu bilan ijro eti-ladigan asari; kuy. ◆ Mashshoqlar darhol "Xon chiqar" deyiladigan tantanavor musiqani boshladilar. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . ◆ Salqin hov-lidan mayin, latif.. musiqa va qoʻshiq eshi-tilar edi. M. Mahmudov, „Mangu kuy izlab“ .
3 koʻchma Yoqimli, ohangdor ovoz(lar). ◆ Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni toʻldirgan, gʻoʻyo kechaning oʻzi kuylaydi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Ularning oppoq, koʻrkam gullari quyosh nurida juda nafis tovlanar, sonsiz arilar va bahor qoʻngʻizla-ri gullar orasida uchishib, ajib musiqa tar-qatardi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]МУСИҚА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]mu-si-qa
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]- y. musika
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Bu fojadalanuvchi Musiqa bilan qiziqyapti |
- Musíqa (yunoncha μουσική — ilhom parilari san’ati) — tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin. Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. M. insonning turli kayfiyatlari ◆ (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi .
- M. asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra M. mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. M. shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaktda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi.
- M. ijodiyoti, ijrochiligi va tinglanishi M. faoliyati ning boshka turlari — mas, musiqa tarbiyasi, musiqa taʼlimi, i. t. (Musiqashunoslik), musiqiy tanqid va boshkalar bilan birga jamiyat M. madaniyat i tizimini tashkil etadi.
- Musiqa tarixi. M.ning paydo boʻlishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan: hissiyotga toʻlgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombarye) M.ning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham M.ning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan.
Ot
[tahrirlash]musiqa (koʻplik musiqalar)
Tillarda
[tahrirlash]- Arabcha: موسيقى (muziqa)
- Albancha: muzikë
- Olmoncha: Musik
- Ozarbayjoncha: musiqi
- Bolgarcha: музика (muzika)
- Datcha: musik
- Italyancha: musica
- Inglizcha: music
- Xitoycha: 音乐
- Koreyscha: 음악
- Latishcha: mūzika
- Malagasiycha: mozika
- Niderlandcha: muziek
- Portugalcha: música
- Mojarcha: zene
- Polyakcha: muzyka
- Ruscha: музыка
- Serbcha: музика (muzika)
- Turkcha: müzik
- Tagalcha: musika, tugtog
- Tsvanacha: kopelo, pina, pino