Kontent qismiga oʻtish

kurs

Vikilug‘atdan olingan

Turkcha (tr)

kurs

kurs

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

kurs

Aytilishi

Etimologiyasi

I lot. cursus — yugurish, poyga; harakat, yoʻl, yoʻnalish < currere — yugur-moq, tez harakat qilmoq

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Oʻquv yurtla-rida biror fan yoki uning biror qismi-ning maʼlum hajmdagi izchil, tartibli bayoni; shunday bayondan iborat boʻlgan darslik. ◆ To shu kungacha oliy oʻquv yurtlari-ning filologiya fakultetlari uchun hozir-gi zamon oʻzbek tili kursidan maqbul bir qoʻllanma yoʻq edi. "OʻTA" .

2 Maʼlum sohalar boʻyicha tugal taʼlim, ixtisos beradigan maxsus oʻquv muassasasi.

Buxgalterlar kursi. Mashinistkalar kursi. Stenografiya kursi. Shofyorlar kursi. m [Jonfigʻon].. bir vaqt qarasaki, Malohat, kureni bitirib, yuk mashinasi minib yuribdi. A. Qahhor, Jonfigʻon. ◆ Kurs yaqinda oʻzi-ning birinchi qaldirgʻochlarini uchirma qila-di. Gazetadan . ◆ Qizlar uchun gul dastalash sanʼ-atini oʻrgatuvchi kurs ochishni orzu qilardi. A. Muxtor, „Chinor“ .

3 Oliy va oʻrta maxsus oʻquv muassasala-rining har bir yili, bir yillik bosqi-chi, pogʻonasi. ◆ Bu yil u institutning ikkinchi kursini tamomlaydi. Nechanchi kursda oʻqiyapsiz?yaya Bir guruh yuqori kurs student-lari turadigan bu uyda xonalar kam va tar-qoq boʻlgani uchun, vaxtyor oʻtirmas, har xo-naning kaliti maʼlum bir joyga yashirib ketilardi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ . ◆ ..bu qiz Talʼatdan bir kurs yuqorida oʻqir, joziba-li boqishlari.. uning koʻngliga oʻt solardi. U. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

Kurs ishi Oliy oʻquv yurtlarida talaba-larning oʻquv rejasidagi maxsus fanlar, baʼzan umum kasbiy fanlar boʻyicha baja-radigan mustaqil ilmiy ishi.

4 Bir davra davolanish; davolanish tad-birlarining tugal bir davrasi. ◆ Elektr bilan davolanish kursi.

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

kurs

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

II 1 Kema, samolyot va shu kabilarning harakat yoʻli, yoʻnalishi. ◆ Janob kapitan, kemani Bektosh kursidan adashtirmasang, yelkangdan oʻq yeysan. A. Muxtor, „Qoraqal-poq qissasi“ .

2 koʻchma Maʼlum bir masalani hal qi-lishda tutilgan yoʻl; siyosat yoʻnalishi. ◆ Hozirgi asosiy kurs qishloq xoʻjaligini in-tensivlashtirishdir.

3 Aksiya, obligatsiya, veksel kabi qim-matli qogʻozlar sotiladigan va xarid qili-nadigan baho; narx.

4 Bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi ifodasi.

Sinonimlari

Antonimlari

КУРС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

kurs
1 курс; ◆ siyosiy iqtisod ~i курс политической экономии; ◆ davolanish ~ini batamom olmoq мед. пройти курс лечения;
2 курс; // курсовой; ◆ oʻgʻlim institutning uchinchi ~ida oʻqiydi мой сын учится на третьем курсе института; ◆ ~ majlisi курсовое собрание;
3 курсы (учебное заведение); ◆ stenografiya ~i курсы стенографии; ◆ Saidiy... kechqurunlari ~ma-~ yurib dars beradi (А. Ќаћћор, «Сароб») Саиди... вечерами преподавал на разных курсах;
4 фин. курс; // курсовой; ◆ sovet soʻmi ~ining oshishi повышение курса советского рубля; ◆ ~ jadvali курсовая таблица.

Turkcha (tr)

kurs

kurs