kristall
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]kris-tall
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]yun. kristallos — togʻ billuri; muz
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Zarracha (atom, ion yoki molekula)lari muayyan davriy takrorlanuvchi tar-tibda joylashib, fazoviy kristalik panjara hosil qiluvchi qattiqjism. Muzkris-tallari. Tuz krista.iari. n ◆ Bor moddasi kristallarining ajoyib mustahkamligi maʼlum boʻldi. "Fan va turmush" .
Kristallar (yunon. kryetallos - muz, tog' billuri demakdir) - kristall holatning asosiy tashqi belgilari - moddaning aniq muayyan haroratda suyuq holatga o'tishi va tashqi muayyan geometrik shaklga ega bo'lishidir. Undan tashqari, kristallning xossalari (masalan, issiq o'tkazuvchanligi) hamma yo'na-lishda ham bir xil bo'lavermaydi. Kristall moddalarda zarrachalar ma'lum tartib bilan joylashgan bo'ladi va fazoviy kristall panjarani hosil qiladi. Fazoviy kristall panjaraning ko'p marta takrorlanib, jismning butun hajmini hosil qiladigan qismi elementar yacheyka deyiladi. Kristall panjaralar zarracha-larning fazoda joylashish xarakteri va zarrachalar o'zaro ta'sir turiga qarab molekular, atomli, ionli va metall kristall panjaralarga bo'linadi. Molekular kristall panjarali moddalarga kristall panjara tugunlarida neytral molekulalar bo'ladi. Azot, vodorod, kislorod kabi gazlar past haroratda qattiq holatga o'tganida molekular kristall panjara hosil qiladi. Oson suyuqlanadigan ko'pchi-lik organikaviy moddalar kristallari ham molekular panjarali bo'ladi. Ionli kristall panjara ionlardan tarkib topgan bo'ladi. Masalan, natriy xlorid (osh tuzi) kristall panjarasi bunga misol bo'ladi. Atomli kristall panjara hosil qilgan moddalarda panjara o'zaro puxta kovalent bog'lanish bilan bogiangan elektrneytral atomlardan tarkib topgan bo'ladi. Masalan, olmos, grafit, kremniy va boshqalarning kristall panjarasi atomli panjaradir. Metall kristall panjarada musbat ionlar tebranib turadi: musbat ionlar orasida erkin elektronlar barcha yo'nalishlarda harakatda bo'ladi. Metallarning elektr, issiqlik o'tkazuvchanligi, magnit xossalari va metallar uchun xos boshqa xususiyatlar ana shu erkin elektronlar tufaylidir.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]КРИСТАЛЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
kristall
кристалл; // кристаллический; ◆ tuz ~lari кристаллы соли.
Adabiyotlar ro’yxati
[tahrirlash]1.N.Sh.Kattayev, G.A.Ixtiyarova vа bosh. Kimyo texnologiyasi Darslik.O’zbekiston nashriyoti. 2012 .400b.
2.Turobjonov S., Do’stmurodov, Otaquziyev T.A.Kimyo va kimyoviy texnologiya atamalarining izohli lug’ati. T.: Vektor Press nashriyoti 2008.496 b.
3.N.Sh.Kattayev, G.A.Ixtiyarova vа bosh. Kimyoviy texnologiya Elektron darslik. №ВGU 00249. 2011.
4.G.A.Ixtiyarova, F.A.Nazarova Kimyoviy texnologiyadan testlar to’plami. Durdona nashriyoti. 2014.98 b.