Kontent qismiga oʻtish

kesmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

kes-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Tigʻ bilan tanasi, etini tilmoq, tilib ichiga kirmoq. ◆ Betini us-tara kesmoq. Tovonini shisha kesmoq. n ◆ Qoʻlingizga nima qildi, Shokirbek? — Pi-choq kesib ketdi.. — ◆ Yomon kesdimi? A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

2 Tigʻli asbob bilan boʻlaklarga ajrat-moq, boʻlaklamoq; qirqmoq. ◆ Nonni kesmoq. Qovunni kesmoq. Qazini kesmoq. m ◆ Har vaqt maqtaydigan pichogʻini qinidan sugʻurib, tar-vuzni kesdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Zi-yodaxon shitob bilan ugra kesar ekan, unga [ Sidiqjonga] bir qarab qoʻydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

3 Ortiqcha, keraksiz qismni tigʻ bilan olib tashlamoq. ◆ Tok kesmoq. Gul kesmoq. shsh Odatda, kuchuk bolaning qulogʻini, dumini kesishadi. Chunki buning ularga foydasi bor. Sh. Xolmirzayev, „Ogʻir tosh koʻchsa“ . ◆ Choʻloq boʻlib yurtimga qaytganimdan qaytmaganim beri-roq emasmi?. Qarorim shu: oyogʻimni kesmay-sizlar. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ Ogʻrisa ham, yarani oʻz vaqtida kesib tashlagan yaxshi. A. Muxtor, „Boʻronlarda bordek halovat“ .

4 Kanal, yoʻl va sh. k. qurish uchun yoki yer ochish maqsadida balandlikni kovlab, qa-zib, yorib, orasini ochmoq. ◆ Adirni kesib, yoʻl qurmoq. a ◆ Oqboʻra olislik qilsa, togʻni teshib oʻtirmay, kesib oʻtkazardik [suvni\. M. Ismoiliy, Fargʻonat. o.

5 koʻchma Biror joyning oʻrtaroq qis-midan, orasidan tikkalab yoʻl olmoq, yoʻnalmoq. ◆ Hushi oʻziga kelgan Boʻta, birov-ning qoʻrgʻoniga bemahal moʻralab turganidan xijolat boʻlib, tolzorni kesib, orqasiga qaytdi. S. Ahmad, „Hukm“ . ◆ Bular [jangchilar] shagʻal toʻkilgan katta yoʻlni kesib oʻtib, adirga tomon chiqib ketayotganda, botayot-gan quyoshning horgʻin nuri roʻparadagi qorli togʻ choʻqqisini.. bir lahza qizartirdi-da, soʻndi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ .

6 Badanga (uning biror aʼzosiga) kat-tik, taʼsirini oʻtkazmoq (asosan, sovuq haqida). ◆ Kuchli izgʻirin.. quloqlarni kesadi, sovuqdan oyoqlarning barmoqlari uvushadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Keyin Yigita-li, badanlarini suv kesib yubordi shekilli, erinibgina qirgʻoqqa chiqib.. chalqancha tushib yotdi. D. Nuriy, „Osmon ustuni“ .

7 koʻchma Oraga luqma tashlab, gapni boʻlmoq, toʻxtatmoq. ◆ Yoʻlchi hali gapini bi-tirmagan edi, Mirzakarimboy uni kesdi: -Bir terining ichida qoʻy necha ozib, necha marta semiradi, — dedi salmoqlanib boy. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

8 s. t. Belgilamoq (maye., narxni). ◆ Ul-gurji savdogarlarga sotiladigan mollarning narxini Hoji Hamdam kesib berardi. M. Osim, „Elchilar“ .

9 s. t. Jazoga hukm qilmoq. ◆ Sud oʻgʻrini besh yilga kesdi. shsh [Amaki Fotimaga:] Endi eshikdan bir qadam nari jilma, pichoqni toʻrt joyingga uraman.. Keyin, mayli, huku-mating meni kesadimi, osadimi, nima qilsa qshshversin! P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Prokuror, otib oʻldirilsin, degan edi, sud., yetti yilga Sibirga kesdi. Choʻlpon, „Kecha va kunduz“ .

10 koʻchma Pasaytirmoq, qaytarmoq, yoʻq qilmoq. ◆ Kun misday qizib ketgan, faqat adir va soylardan kelgan shabada kunning taftini kesib, odamlarga orom berib tur-moqda. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmoqlar“ . ◆ Achchiqni achchiq kesadi degandek, dadasining bu soʻzla-ri tashqaridagi sovuqni kesdi shekilli, Su-vonjon eshikni kuch bilan ochib, oʻzini boʻron-ning quchogʻiga otdi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .

11 etn. kam qoʻll. ayn. kestirmoq 2. Lekin mahallamizda gazeta oʻqiydigan bir "shumtaka" bor, u haromi: -Sultonbekdek bir davlatmand oʻz oʻgʻlini mavlud toʻyi bilan kesdi, deb gazetaga yozaman, — deydi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Bir kesar Bir marta aytadigan, aytga-nini qiladigan yoki qildiradigan, bir soʻzli. -Juda bir kesar ekansiz-ku! — Krbi-lovning soʻzini boʻldi Farmonqul aka. S. Mah-kamov, Dala tongi. Ioʻlni kesmoq Toʻsqin-lik qilmoq, gʻov boʻlmoq. -Faqat togʻni te-shib chiqarasanlar, — deb hokim yoʻlimizni kesib qoʻydi.. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Tutgan joyini (yoki joyidan) kesmoq Oʻta oʻjarlik qilmoq, aytganida turib olmoq. ..Zulfiya Ziyayeva ham mana shunaqa, tutgan joyini kesadiganlardan. "Mushtum". Otasi oʻz bilganidan qolmadi, onasi tutgan joyini kesdi. I. Ahmedov, O. Tolipov, Kim ayb-dor? Qoʻlini kesmoq koʻchma Yordamchisidan (imkoniyatidan) mahrum qilmoq. Bu gʻamlar yetmaganday, uning yagona koʻmakchisi boʻlgan shogirdini yaqinda boshqa bir usta aynitib olib, bechora cholning qoʻlini kesdi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

КЕСМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

kesmoq
1 резать, отрезать, обрезать, срезать, нарезать; ◆ non ~ резать хлеб; ◆ metall ~ резать металл; ◆ vint ~ тех. нарезать винт; ◆ tok ~ подрезать виноградную лозу, срезать лишние побеги; ◆ yoʻlni ~ перерезать, закрыть дорогу; kesib oʻtmoq пересечь; kesuvchi mashina резальная машина; kesuvchi asbob режущий инструмент; yetti oʻlchab, bir kes посл. семь раз отмерь, один раз отрежь; oʻtmas pichoq qoʻl kesar погов. (букв. тупой нож порежет руку) неровен час и тупым ножом обрежешься;
2 рубить, срубать, отрубать, обрубать; ◆ daraxt ~ рубить дерево; daraxt kesuvchi дровосек;
3 прерывать, прекращать (что-л.); ◆ birovning soʻzini choʻrt ~ резко прервать чью-либо речь;
4 присуждать к наказанию;
5 определять, назначать (напр. цену); ◆ baho ~ назначать цену;
6 срезать, сравнивать, скопать (возвышенности, бугры и т. п.); adirni kesib yoʻl qurmoq построить дорогу, скопав холмы;
7 перен. умерять, уменьшать; смягчать; уничтожать; прекращать (действие); ... shabada kunning taftini kesib, odamlarga orom berib turmoqda (Ћ. Назир, «Сўнмас чаќмоќлар») ... ветерок, умеряя дневную жару, дарует людям прохладу; achchiqni achchiq kesar посл. (букв. горькое уничтожает горькое) клин клином вышибают;
8 рел. совершать обрезание; * badanimni sovuq kesib ketdi меня проморозило до костей; tutgan yerini kesadigan упрямый, неуступчивый, непременно желающий поставить на своём; bir kesar неуступчивый; несговорчивый, не меняющий принятого решения; choʻrt kesar см.choʻrt.