Kontent qismiga oʻtish

hokim

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ho-kim

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

[a. hukmdor; boshqa-

ruvchi; boshliq; sudya, hakam] 1 tar. Oʻrta Osiyo xonliklarida belgili bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan xonu bek amrini oʻtkazish uchun belgilab qoʻyil-gan amaldor. ◆ Holvani hokim yer, kaltakni — yetim. Maqol . n ◆ Bu hukmimizni ijro etguv-chi, Tashkent hokimi Normuhammad qushbegi-ga marhamati shohonamiz shuldir. A. Qodiriy, „Utgan kunlar“ . Bizning mayda-chuyda ho-kimlarimiz bir-biri bilan inoq boʻlmagani, birlasha olmagani sababli katta kuchga ega boʻlgan istilochining hamlasiga dosh berol-madik. Mirmuhsin, Meʼmor.

2 tar. Sobiq Turkiston oʻlkasidagi ayrim shahar yoki muzofotlarda chor huku-matining siyosatini oʻtkazish uchun belgilab qoʻyilgan yuqori mansabli amaldor. ◆ Mahkama binosiga ketgan oʻt obdan avji-ga chiqqan bir paytda shahar hokimi Medinskiy va podpolkovnik Kitayevlar ikki vzvod jazo otryadi bilan maydonga kirib keldi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Aʼyonlar supada, odamlar yerda oʻtirib, gʻsta-gʻovur tinchigan-dan keyin, hokim odatdagicha tilmoch orqa-lixalqni ogohlantirdi. I. Ismoiliy, „Far-gʻona t“ . o.

Hokimi mutlaq Maʼlum bir hududda cheksiz hokimlikka ega boʻlgan mansabdor (podshoh, amir va sh.k).

3 Umuman, hukmini, buyrugʻini oʻtka-zuvchi (shaxs, sinf va sh.k.) ◆ Hokim sinf. n Ulardan /◆ amaldorlardan] hech bir kishiga yomonlik kelmaydi, ular yolgʻiz tartibni.. talab qilishadi. Chunki ular — hokim, biz — fuqaro. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

4 Oʻzbekiston Respublikasida: viloyat, shahar va tumanlarning birinchi rahbarlik lavozimidagi shaxs; hokimlikning birinchi rahbari. ◆ Bu muhim masalaning muhoka-masi uchun kengashga viloyat, shahar va tuman hokimlari taklif etildi. Gazetadan .

5 koʻchma Oʻz ixtiyoriga olgan, egallagan narsa haqida; "hukmron". ◆ Munkillagan kam-pirlar jim sham yoqadi mozorlarda, Sara-tonning isi hokim mudrab yotgan bozorlar-da. X. Davron, „Tungi bogʻlar“ . ◆ Tuni boʻyi koʻk yuzining hokimi boʻlgan oy yotogʻiga otla-nayotgan.. shu palladagi salqin, musaffo sha-bada.. rohat baxsh etardi. R. Fayziy, „Kishilarimiz qissasi“ . ◆ Oʻz-oʻzimni tutdim savolga, Hokim edi qalbda bir tuygʻu. N. Narzullayev .

Hokim boʻlak tlsh. Sintaktik aloqada tobe boʻlgan qismni boshqaruvchi, unga nis-batan hokim vaziyatdagi boʻlak. Mac., Bizni suhbatga taklif etdi gapida taklif et-di — hokim boʻlak.

6 Hokim (erkaklar ismi).

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҲОКИМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

hokim
1 ист. правитель области (в ханствах СреднейАзии);
2 ист. наместник, губернатор;
3 ист. начальник города, уезда; ◆ shahar ~i начальник города, градоначальник;
4 господствующий, правящий; ◆ ~ sinflar господствующие классы; ◆ ~ guruh господствующая каста (группа); ◆ ~i mutlaq самодержец, абсолютный монарх.