Kontent qismiga oʻtish

hiss

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

hiss

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. sezgi, tuygʻu; idrok

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Tashqi taʼsirni qabul qilish qobiliyati va shu taʼsirdan yuzaga keladigan holat;

sezgi, tuygʻu. ◆ Xayolim sahroda kezadi uygʻoq, Hissimni tortgandi poyonsiz qirgʻoq. Gʻayra-tiy . Bu qoʻshiqlar qizda oʻzi ham nima ekanini bilmaydigan hislar uygʻotar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. ◆ Sen chal bugun yalpi hayot kuyini, Butun sezgi, hissim bilan tinglayin. Gʻayratiy . Nizomjon xatni koʻrdi-yu, quvonchli, alamli, bilib boʻlmaydi-gan bir his vujudini qamrab oldi. S. Axmad, Ufq.

His qilmoq (yoki etmoq) 1) his, sezgi qobiliyati bilan narsa, harakat-holat va shu kabilarni bilmoq, ilgʻamoq; sezmoq. Yodgor yel-kasida qizning kaftidan oʻtayotgan haro-ratni his qilar.. yuragi hayajondan gupil-lab urar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Mulla Fazliddin oʻz yuzida Xonzoda be-gimning nafasini his qildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Manglayida sovuqlik his etib, Kumush koʻzini ochdi. A. Qodiriy, Oʻt-gan kunlar. Sherbek.. Nigoraga qattiq bogʻ-lanib qolganini his etdi. S. Anorboyev, Oqsoy; 2) biror holatda bilmoq; sezmoq, tuymoq. Oʻzini yengil his qilmoq (etmoq). n Adiba shu bir uy mehmon orasida ham oʻzini yolgʻizdek his qildi. Gazetadan. Bumagazinda u oʻzini oʻz uyidadek his etishini yana bir marta koʻrsatib qoʻygisi keldi. F. Musa-jonov, Nozik masala.

2 Kishi ruhiyati, qalbidagi biror nar-sani aks ettiruvchi, u bilan bogʻliq sezgi, tuygʻu. Sevgi deb atalgan bu hislar bahor yomgʻiridek sharr etib oʻtib ketmasmikan? Mirmuhsin, Umid. Yoshlikda hamma ham oliy-janob hislar, sof vijdon, halollik, nomus haqidagi fikrlar bilan toʻlgan boʻladi. F. Musajonov, Himmat. Qanday hislar, qanday fikrlar Qiz qalbini zabt etib oldi? Uy-gʻun. Uning qarashida tahlika, sarosima yoki "ajab boʻlibdi!" degan bir maʼno, bir his yoʻq edi. Oybek, Navoiy.


Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҲИСС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

hiss
= his.