devor
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]de-vor
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]DEVOR Bu ot ПРСda [divar] shaklida choʻziq i tovushi bilan (234), ТжРСda devor va devol shakllarida, keyingisini razg. taʼkidi bilan (126), OʻTILda devor, devol (I, 218), dovol (I, 230) shakllarida, keyingi ikkisini s.t. taʼkidi bilan keltirilgan; demak, bu ot oʻzbek tiliga tojik tilidan olingan; soʻzlashuv tilida birinchi boʻgʻindagi e(ye) tovushi o tovushiga almashtirilgan (r tovushining l tovushiga almashtirilganini izoxdash qiyin). Bu ot 'imoratning tik holdagi qismlari', 'biror maydonni tashqaridan ajratishga xizmat qiladigan tik oʻram' kabi maʼnolarni anglatadi (OʻTIL, I, 218).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
\f. jljaa — fob, toʻsiq
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Bino-ning, uyning tomni koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik koʻtarilgan qismi. ◆ Uy devori. Hujra devori. Yomonga surkansang, dogʻi yuqar, Devorga suyansang — tuprogʻi. Maqol . ◆ Devorning sichqoni bor, Sichqonning qulogʻi bor. Maqol . n ◆ Xonaning shifti va devorlari koʻhsiz, lekin yaltiroq boʻyoqlar bilan boʻyalgan. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ .
2 Biror yerni (bogʻ, \ovli, qoʻrgʻon va b.), hududni oʻrab olgan yoki qismlarga ajratib turadigan gʻov, toʻsiq. ◆ Chiy devor. Paxsa devor. Taxta devor. m ◆ Eʼzozxon oʻzini devordan otib, xolasinikiga qochib qutuldi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ Bogʻchalarni bir-biridan ayirgan devorlar koʻrinmas, ishkomlar, mevazorlar, ekin dalalari tutash yashil manzara yasaydi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Devorlar tagida adashib bosh koʻtargan munis maysa/shr ertaga qor ostida qolishidan bexabar yashnab turardi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
3 Biror narsaning atrofini oʻrab olgan yoki uni boʻlimlarga ajratgan qismi. ◆ Oshqo-zon devori. Silindr devori. p ◆ Hatto qorin devorining chap tomoniga barmoq bilan bosil-sa, ogʻriq oʻng tomonda seziladi. H.A .Haki-mov, Oʻtkir appenditsit.
- Devor boʻlib qolmoq Qoʻrqinch yoki hay-ratdan rangi oqarib, serrayib turmoq. ◆ U [qiz] yigitga tikilib turdi-da, “hali shunaqami?” deb yuziga bir shapaloq tushirdi. Yigit yuzini ushlagancha devor boʻlib qoldi. U. Nazarov, „Birinchi uchrashuv“ . Devorga ga-piryapmanmi? Gap uqmas yoki birovning gapiga quloq solmaydigan, loqaydlik bilan qaraydigan kishilarga qarata aytiladi. Devorga tanbur chertganday Birovning gapi, nasihati eʼtiborsiz qolganda ishlatila-digan ibora. ◆ -Ming marta aytganman bu megajinga, bir nimani tayinlik qilib qoʻygin deb. Qayoqda, devorga tanbur chert-ganday. A. Muhiddin, „Aybsiz aybdor“ . Devori qiyomat Hech narsa eshitmaydigan, qulogʻi tamoman bitgan; garant, kar. Devorning qulogʻi bor Hushyor boʻlib gapirmoqqa undash. ◆ Bas k,il deyman, koʻp gapirma behuda, Devorning ham qulogʻi bor, goʻrsoʻxta! H. Olimjon . Rangi devor boʻlmoq Rangi oqarmoq yoki kulrang tusga kirmoq (charchoq, qoʻrquv yoki gʻazabdan). ◆ U rangi devor boʻlib, koʻllarini oʻrikka tirab, qaddini rostladi, goʻyo ikki opa-singilga korashga uyalganday. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ . Toʻrt devor ichida yashamoq Tashqi olamdan, jamoatchilikdan ajralgan yoki majburan ajratilgan holda ichkarida qullarcha hayot kechirmoq. ◆ Toʻrt devor ichida yashab ado boʻlayotgan Shahzodaxon bir kuni.. yuzini parang durra bilan yarim toʻsib, eshik tirqishidan tashqariga moʻra-ladi. K. Yashin, „Hamza“ .
4 koʻchma Gap eshitmaydigan, gap taʼsir qilmaydigan; bezbet. ◆ Arzga qulogingiz kar, tebranmas bir devorsiz. "Guldasta" .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ДЕВОР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
devor
1 стена, забор, дувал; ◆ paxsa ~ глинобитный забор; ◆ sinch ~ каркасная стена; ◆ gʻisht ~ кирпичная стена; ◆ taxta ~ деревянный забор; ◆ ~ olmoq окружать (что-л.) забором, дувалом; ◆ ~ urmoq класть стену;
2 стенка, оболочка; боковая сторона (чего-л.); ◆ oshqozon ~i анат. стенки желудка; ◆ silindr ~i стенки цилиндра; ◆
- ~ i qiyomat совершенно глухой человек; ◆ toʻrt ~ ichida (букв. в четырёх стенах) замкнуто, заперто, в изоляции от внешнего мира; ◆ ~ga gapiryapmanmi (букв. что, я стене что ли говорю) кому я говорю.