buta
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bu-ta
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BUTA Bu forscha ot OʻKAAKDsa 'tup' maʼnosini (138), ПРСda [bute] shaklida keltirilib, 'shox-shabba' maʼnosini (74), ТжРСda butta shaklida keltirilib, 'shox-shabba' maʼnosini (86), Andoza:ССТТНda buta shaklida keltirilib, boshqa maʼnolar katori 'past boʻyli daraxt' maʼnosini (I, 273), OʻTILda esa 'tagidan shoxlab oʻsadigan mayda daraxt' maʼnosini (I, 154) anglatishi aytilgan. Koʻrinadiki, faqat ТжРСda bu ot ikkita t harfi bilan yozilgani istisno boʻlib qolgan. Maʼno izoxlaridan OʻTILda berilgan taʼrifni eng toʻgʻrisi deb kabul qilish kerak.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
\f. — buta, butazor; naqsh, rayem
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Tagidan shoxlab oʻsadigan mayda pastak daraxt.◆ Picha yurishgach, ularning koʻzlariga qalin oʻt va siyrak butalar oʻsgan katta sayhonlik ochildi. Oybek, Quyosh qoraymas.◆ Kanizak Sidiqjonni pastga, butalar orqasiga tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆ Toʻngak orqasidan quloq-lari dikkaygan quyon paydo boʻldi-da, kop-tokdek sakrab, butalar orasiga yashirindi. Oybek, Quyosh qoraymas.
2 koʻchma Oʻzbek xalq amaliy sanʼatida koʻpincha bir tutam oʻsimlik gulini ifoda etuvchi naqsh.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БУТА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]buta