but
Hol
but
Ot
but
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
but
Aytilishi
Etimologiyasi
BUT Bu tojikcha ot 'dindorlar choʻqinadigan krest shaklidagi buyum' maʼnosini anglatadi (ТжРС, 86; OʻTIL, I, 154). Bu otga 'sajda kil-' maʼnosini anglatadigan tojikcha parastidan feʼlining parast xozirgi zamon asosini qoʻshib (Tj RS, 298) butparast sifati hosil qilingan boʻlib, 'butga choʻqinuvchi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 1,154).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
BUT I ’ikki oyoq oraligʻi’, ’chot’. Olahargʻaga yeta— man deb chumchuhning b u t i yirilibdi (Maqol). Qadimgi turkiy tilda asli ’oyoq’ maʼnosini anglatgan bu ot bu:t tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, II, 281); keyinroq u: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (Devon, III, 131; DS, 129): bu:t > but. Maʼno taraqqiyoti natijasida bu ot oʻzbek tilida ’chot’ maʼnosini anglata boshlagan.
BUT II ’bekam-u koʻst mavjud’. Uö anjomlari b u t. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi 'tugal boʻl-’ maʼnosini anglatgan büt- feʼlining belgi maʼnosini anglatuvchi eshi boʻlib (КРС, 169), oʻzbek tilida ü unli — sining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: büt- | büt > but.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
But I
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 Toʻliq, hech qanday kamchiligi yoʻq; bekamu koʻst; yetarli; taʼmin etilgan. ◆ Ust-boshim but, qornim toʻq, qaygʻum yoʻq. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.◆ Berdiboyning oʻz hunar-lariga tegishli boʻlgan hamma asboblari but. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy.◆ Qorning toʻq, usting but, noshukurchiliging boshingni yeydi. "Yoshlik".◆ Qush qanotsizucholmaganidek, mashina ham yoqilgʻisiz yoki biror qismi but boʻlmasa, bir qadam ham siljiy olmaydi. "Mushtum".
- Imoni but 1) Ollohga, dinga ishonchi mustahkam; 2) vijdonli, eʼtiqodli.◆ Tila-gim: yoshlar aslo zavol topmasinlar, imon-lari doimo but boʻlsin. M.M.Doʻst, Lolazor. Koʻngli (yoki bagʻri) but Kamchiligi yoʻq, baxtli.◆ Nazar akam yetim oʻsmagan, bagʻri but odam, lekin shunday boʻlsa-da, negadir unga rahmim keladi. M.M.Doʻst, Lolazor.◆ Toki uning IMuhsinning] koʻngli but boʻlsin, umr daftariga dogʻ tushmasin.. M.M.Doʻst, Lolazor. Noni but Tirikchiligi toʻliq taʼ-minlangan, roʻzgʻordan kamchiligi yoʻq.◆ Noni but kishining soʻzi ham burro. Gʻ. Gʻulom.
2 Sinmagan, butun, shikastlanmagan, sogʻ.◆ Soʻng qoʻl-oyoqlarini harakatlantirib koʻrdi. Shukur, azoyi badani zirqirab ogʻ-rib tursa ham, suyaklari butga oʻxshaydi. "Yoshlik". But qilmoq Oʻz holiga keltirmoq, butun qilmoq.◆ Kosa sindi. Endi uni but qilib boʻlmaydi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar.◆ [Saidxon] Ikki parchani bir-biriga ulab, but qilib koʻrdi. Sh. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka. Toʻrt ( yoki chor) shikali but q. chor.
But II
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
but
Aytilishi
Etimologiyasi
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
- II 1 s. t. Ikki oyoq orasi; chot. ◆ Olaqargʻaga yetaman deb, chumchuqning buti yirilibdi. Maqol. n◆ -Tezroq yuravering, Isomov, butingiz yirshshaydi, — dedi Zum-rad. Ayollar gurullab kuldi. S. Siyoyev, Otliq ayol.◆ Oyim chelakni butiga qistirgancha, zirillab turgan yelinga yana qoʻl choʻzdi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
2 shv. Oyoq, put.◆ Nabi Farhodning qoʻl-oyogʻiga bogʻlagan oddiy kishanni yechdi va boʻ-gʻovli kishanlardan birini olib, uning buti va boʻyniga urdi. S. Ayniy, Qullar.◆ Zoʻr degan devlar yiqilib qoldi, Ikki buti tovday boʻlib. "Malikai ayyor".
But III
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
but
Aytilishi
Etimologiyasi
- III \f. - sanam; goʻzal
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
din. 1 ayn. sanam.◆ Bu yoʻllar koʻp qadim yoʻllardir, Konfutsiy, shomoniy, islom va budda, But va tasbeh yuklangan karvon. Gʻ. Gʻulom.◆ Balki u Buddani butga alishmas, Kosmos moʻʼjizasin anglamas balki.. A. Muxtor, Asarlar.
2. s. t. Xoch (krest) shaklidagi narsa; xoch, salib.◆ Otryadning oʻliklarini toʻplab, qa-yinzordagi qabristonni yogʻoch butlar bilan toʻldirib ketishdan boshqa iloji yoʻq edi. I. Rahim, Chin muhabbat.
Sinonimlari
Antonimlari
БУТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Ruscha ru
but I
1 идол;
2 икона;
3 разг. крест.
but II
пах.
but III
целый, полный; комплектный; ◆ ~ boʻlmagan mahsulot некомплектная продукция; ust-boshim (или egni-boshim, egnim) ◆ ~ я полностью одет и обут; ◆ chor ishkalning hammasi ham ~ всё в порядке.
Hol
but
Ot
but
- Ingliz tili
- Inglizchada holi soʻzlari
- Fransuz tili
- Inglizchada ot soʻzlar
- Oʻzbek tili
- Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada turkiy soʻzlar
- Shevaga oid soʻzlar/uz
- Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada forschadan oʻzlashgan soʻzlar