Kontent qismiga oʻtish

botmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

bot-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

{{{2}}}
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Suyuqlik, sochiluvchan jism va sh. k. ichiga yorib kirmoq. choʻmmoq. ◆  Suvga tomgan yogʻ botmas. Maqol . ◆ Shokir ota oldida yotgan kerakli asboblarni tez topa olmas, kuvani qidirgan qoʻli shirach kosaga botar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆  Kechagi chorshanba bozor bir sigir oldim deng, yegani quruq xashag-u, sutiga qoshiq botmaydi — shundoqqina qaymoq. "Askiya" .

2 Belanmoq, koʻmilmoq; qoplanmoq.◆  Terga botmoq . ◆ Qonga botmoq . ◆ Yusufbek shunday qarasa, Amirbek oʻzidan ketib qolyapti, hamma yeri bilchshiab, qonga botib kelayapti. "Yusuf va Ahmad" . ◆  Zambarakning oʻqi tegdi sonima, Oq koʻylagim botdi qizsh! qonima. "Qoʻshiqlar" . ◆  Otlar oppoq koʻpikka botgan, har junidan ter ketgan.. "Yusuf va Ahmad" . ◆  Madaminning yoʻgʻon, semiz qora barmoqlari yoqqa botgan guruchlar orasida oʻrmalay boshladi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ [Rukniddin] terga botib, suv boʻlib ketgan edi. Mirmuhsin, „Temur Malik“ .

3 Gʻarq boʻlmoq, choʻkmoq. ◆  Dushman kemasi suvga botdi . ◆ Tavakkalchining kemasi botmas. Maqol .

4 Bosib, ezib yoki yorib ichiga kirmoq; koʻmilmoq; suqilmoq, sanchilmoq. ◆  Badaniga achchiq qamchi botibdi. "Yusuf va Ahmad" .◆  Etak yarim boʻlar-boʻlmas, bogʻichi boʻynini kesib tborguday botadi. S. Nurov, „Narvon“ . ◆  Bilag-uzuk bilagima botadi. Usta yigit roʻmolimdan tortadi. "Qo'shiqlar" . ◆  Ularning oʻlimi bu xoin cholning Koʻksiga xanjardek abadiy botdi. X. Davron, „Qaqnus“ . ◆  Qilich, nayza sindi-da, Ikkoviga botmaydi. "Nurali" .

5 Tiqilib yoki koʻmilib, yurolmay qolmoq, zoʻrgʻa yurmoq. ◆  Etigi toʻpigʻigacha loyga botib ketdi. "Yoshlik" . ◆  Baʼzan Bektemir tizzagacha loyga botadi. Kalavlanadi, yiqiladi. Oybek, „Quyosh qoraymas“ . ◆  Oldinda barxan tepa paydo boʻlib, mashina undan oʻta olmay, gʻarillay-gʻartlay qumga botib qoldi. M.Mansurov, „Yombi“ . ◆  Tizzasigacha tuproqqa botib, bir yonboshiga qiyshayib qoldi. S. Ahmad, „Ufq“ .

Qarzga botmoq Katta miqdorda qarz boʻlmoq.◆  Otamurodni uylantirganlarida qarzga botdi. "Sharq yulduzi" .

6 koʻchma Biror ruhiy holatga tushmoq, koʻmilmoq; biror salbiy muhit, gʻoya va sh. k. taʼsiriga berilib yoki girdobiga tushib qolmoq. ◆  Sherbek xayolga botib, uzoq jim qoldi, soʻng chuqur uh tortdi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . ◆ Gulnor boshini egib, chuqur sukutga botdi, bir lahzada yuzini iztirob koʻlankasi qopladi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆  Ularga tikilib goh jilmaydi, goh qaygʻuga botdi. "Yoshlik" . ◆ Gunohga botasizlar! Bor, yuz-qoʻlingni yuvib chiq, xazon boʻlgur. Hamza .◆  -Dadasi! Gunohga botmang, dadasi! — dedi chirillab. O'.Hoshimov, „Ikki eshik orasi“ .

7 koʻchma Qattiq tegmoq, ogʻir tuyulmoq. ◆ Bu gap menga ancha ogʻir botdi, lekin chidadim. "Yoshlik" . ◆  Isfandiyorning beandisha mulohazasi bosh vazirga ogʻir botdi. S.Siyoyev, „Avaz“ . ◆  Lodon deding, sening soʻzing menga botibdi, Shunday lodon necha devni yutibdi. "Malikai ayyor" .

Ayil botmoq ayn. qattiq botmoq q. qattiq. ◆ Bu gaplar Nazokatga qattiq botdi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . ◆  Ayil botadigan joyi shundaki, oʻz ayblarini yashirish, odamlar fikrini chalgʻitish niyatida sofdil kishilar ustidan tuhmatlar uyushtiradi. "Mushtum" .

8 Ichkari tomon ezilib, botiq hosil boʻlmoq, ichkari kirmoq. ◆  Ali tajang bir tomoni ichiga botgan kaskasini.. koʻzigacha bostirib kiydi. Oybek, „Quyosh qoraymas“ . ◆  Uning qizarinqiragan koʻzlari ich-ichiga botib ketgan edi. S. Zunnunova, „Olov“ .

9 Ufq orqasiga yashirinmoq, yashirinib, koʻzdan goyib boʻlmoq (asosan Quyosh, Oy haqida). ◆  Kun qizarib botsa, qizingni uzat, Tong qizarib otsa, tomingni tuza t. Maqol . ◆  Oy botsa ham, boy yotmas. Maqol . ◆  Mana uzzukun butun borliqni qizdirib, oʻz kuchini koʻrsatgan quyosh ufqni olovlantirib botmoqda. Gazetadan .

10 Singmoq, hazm boʻlmoq; nasib qilmoq. ◆ Birovni norozi qilib olingan non menga botmaydi. "Sharq yulduzi" .◆  Ayronni qanday ichayin, Och yuragimga botmaydi. "Nurali" .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БОТМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Tillar

[tahrirlash]

botmoq
1
погружаться (в воду, жидкость и т. п.); ◆ oʻyga botmoq перен. погружаться в думы, в раздумье;
2 тонуть, утопать, идти ко дну; ◆ botib ketmoq утонуть; ◆ zarga botmoq перен. утопать в золоте; ◆ olqishlarga botmoq перен. быть приветствуемым громом аплодисментов;
3 быть впалым; ◆ ichiga botgan koʻzlar ввалившиеся глаза; ◆ ichiga botib ketgan biqinlar впалые бока;
4 вдавиться (во что-л.); ◆ otning ayili etiga botib ketibdi подпруга врезалась в тело лошади; ◆ yerga botib ketgan tegirmon toshi увязший в земле жёрнов; ◆ angʻizda yursang oyogʻingga botadi по стерне ходить ногам колко;
5 задевать, затрагивать, действовать, оказывать действие (о чьих-л. словах); ◆ brigadirning gapi unga qattiq (или ogʻir) botdi слова бригадира сильно задели его;
6 вязнуть, увязать; погрязать; ◆ gunohga botmoq рел. погрязнуть в грехах; ◆ opportunizm botqogʻiga botmoq увязнуть в болоте оппортунизма, скатиться в болото оппортунизма;◆ qarzga botmoq залезать в долги;
7 закатываться, заходить, садиться (о солнце, луне и т. п.); ◆ kun botyapti солнце заходит;
8 фольк. прятаться, скрываться.