boshqa
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bosh-qa
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]^ BOSHQA ’oʻzga’, ’boʻlak’. Koʻchamizdagi b o sh h a hoʻishilar toʻyga barvaht chihishdi. Bu soʻzni oʻzga soʻzi bilan qiyoslashdan maʼlum boʻladiki, qadimgi turkiy tilda bash soʻzi ’alohida’, 'ajralib turuvchi’ maʼnosini ham anglatgan, bash soʻzining ana shu maʼnosidan -(ï)q qushimchasi bilan feʼl yasalgan va bu feʼlga -a qoʻshimchasini qoʻshib sifat yasalgan; keyinchalik ik-kinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan; Oʻzbek tilqda birinchi boʻgʻindagi a unlisi â unlisiga,' ikkinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga almashgan: (bash ïq = bashïq-) a = bashïqa > bashqa > bâshqä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Zikr qilingandan, aytil-gandan, koʻrilgandan yoki koʻzda tutilgandan boʻlak; oʻzga.◆ Joni boshqaning tani boshqa. Maqol.◆ Boshqaning tilla-gavharidan onang-ning sariq chaqasi yaxshi. "Qanotli soʻzlar". ◆ m Bizga bosh boʻlib turgan odam shunaqa deb oʻtirsa, boshqalardan nima oʻpkalaymiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆ -Qiz koʻn-maydimi, demak, uning koʻngli boshqa birovda,
— dedi Qadamboy ogʻa. S. Siyoyev, Yorugʻlik. ◆ ..uning qalbi goh-goh boshqa bir qiz yodi bilan toʻlib-toshar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Menga boshqa soʻzingiz boʻlmasa, sizga javob. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
2 Mustaqil, alohida; biror xususiyati bilan farq qiladigan; boshqacha, oʻzgacha. ◆ Unta boʻlsa, oʻrni boshqa, qirqta boʻlsa — qi-ligʻi. Maqol.◆ Bilak — bir, barmoq — boshqa. Maqol. n◆ [Abdurahmonboy:] Taqsir, aslida koʻtarmaliklarning eli boshqa, suvi boshqa boʻlgan. N. Safarov, Husnijamol.◆ Bu haqda boshqa fikr boʻlmagan i uchun, maorifdan boshqa muallim soʻrashga qaror qilindi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆ Sen meni kim bilan tenglashtirmoqchisan?-Gulnor boshqa, men boshqa demoqchi.. Oybek, Tanlangan asarlar. -E, u vaqtlar, — dedi xoʻrsinib Rixsi xola,
◆ — boshqa edi. S. Zunnunova, Yangi direktor.
- Boshqa boʻlmoq 1) ajralib, boʻlak boʻlib chiqmoq.◆ Kichik oʻgʻli oʻylanib, boshqa boʻldi; 2) oʻzgarmoq, boshqacha boʻlib qolmoq.◆ ..bumen bilgan, sinagan Fotima emas. Endi oʻzgarib, tamom boshqa boʻlib qolgan. P. Tursun, Oʻqituvchi. Boshqa ran 1) shunday demaysizmi; shunday desangiz durust.◆ - Mana bu boshqa gap,
— dedi mirshabboshi tirjayib.. Gazetadan. ◆ -Ha, bunday degin, — Mirzakarimboy.. gapni davom ettirdi, — bu endi boshqa gap. Oybek, Tanlangan asarlar; 2) boshqacha, oʻzgacha.◆ -Kucher ahli ham.. tiriklikda uyquga qonadimi, uka ? Oʻlganda — boshqa gap, — deb javob berdi Joʻra. Oybek, Tanlangan asarlar.◆ Bu kampirning ustidan qayoqqa dod deb boraman, biron joyda ishlasa boshqa gap edi. "Mushtum".
3 Begona, oʻzga, yot; birov.◆ Boshqalar oldida uyaltirib qoʻymoq. n -Pichoqni oʻzingga ur, ogʻrimasa — boshqaga, degan bir gap bor, — dedi jiddiy vaziyatda qutidor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
4 rvsh. Tagʻin, yana, qayta, takroran.◆ Keyin yotoqxonaga borguncha bu gapga boshqa qay-tishmadi. Oʻ. Usmonov, Qismat.◆ Qodir boshqa ichmaslik sharti bshshn ikkinchi piyolaning yarmini ichishga rozi boʻldi. A. Qahhor, Asarlar.
5 (ch. k. soʻz bilan) koʻm. vazifasida. Boʻlak, tashqari.◆ Bundan boshqa. m -Menga qolsa, oʻrtada shundan boshqa hech gap yoʻq, oʻgʻlim! — dedi [hoji]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БОШҚА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]OʻTIL
Sifat
[tahrirlash]boshqa
Ruscha ru
boshqa
1 другой, иной; прочий; ◆ boshqa marta в другой раз; ◆ gap boshqa, ish boshqa разговоры - это одно, а дело - совсем другое; ◆ boshqa boʻlmoq отделяться, обособляться; выделяться (из семьи);
2 чужой, посторонний; ◆ boshqalar oldida при чужих;
3 больше; ◆ boshqa gap yoʻq вот и всё, и всё, баста; ◆ bu toʻgʻrida men boshqa gapirmadim об этом я больше не говорил;
4 послелог, управляющий исходным п. кроме, помимо; ◆ bundan boshqa кроме этого; ◆ undan boshqa кроме того, кроме него.