barmoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bar-moq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BARMOQ 'panjadagi har bir harakatchan dumaloq choʻziq aʼzo’. Jismoniy ish bilan ortiqcha shugʻullan— gani tufayli barmoqlari zirqirab ogʻriy boshladi. Bu ot qadimgi turkiy tildagi ’ushla-’ maʼno — sini anglatuvchi barï- feʼlidan (ЭСТЯ, II, 67) -m qoʻ-shimchasi bilan yasalgan va unga kichraytirish maʼnosini ifodalovchi -(a)q qoʻshimchasi qoʻshilgan boʻlsa kerak; keyinchalik ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qi-linmay qoʻygan; birinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga, q undoshi oldidagi a unlisi â unlisiga almashgan: (ba-rï- m = barïm) aq = barïmaq > barmaq > bärmâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
1 Qoʻl va oyoq panjasining beshta harakatchan qismidan har biri.◆ Bosh barmoq. Koʻrsatkich barmoq. Oʻrta barmoq. Besh barmoqning birini tishlasang, bari ogʻrir. Maqol ■■◆ Kuchli izgʻirin.. quloqlarni kesadi, sovuqdan oyoqlarning barmoqlari uvushadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Momiq paxtalar uning [Gavharning
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]◆ nozik barmoq-lariga oʻzi ilashib chiqar, chanoqlar hayrat-dan ogʻiz ochib, silkinib qolardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.◆ Uning [Gulandomning] barmoqlari dutor qillarida mohir oʻynadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Barmoq bilan sanarli Oz, juda kam (qolgan).◆ Sizga oʻxshash mohir quruvchilar barmoq bilan sanarli, betonchilar esa, bit-ta ham yoʻq. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. ◆ Agar bunday kishilar ilgari barmoq bilan sanarli boʻlgan boʻlsa, bundan keyin yuzlab, minglab chiqadi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Barmoq bosmoq Hujjatga imzo oʻrniga barmoq izlarini tushirmoq.◆ Dehqon yigit quvonch va umidga toʻlib, Ahmad Husayndagi varaqaga barmogʻini bosadi. Oybek, Nur qidirib.◆ Ota-buvamizning rasmicha shu barmoqni bosa-veramiz-da. S. Ahmad, Hukm. Barmoq vazni ad. Har bir satrda boʻgʻinlar sonining bir xil boʻlishiga, mutanosibligiga asoslangan sheʼriy vazn.◆ "Alpomish" oʻzbek xalqining milliy sheʼr vazni boʻlgan barmoq vaznida toʻqilgan. H. Olimjon, Alpomish.◆ Sizning gʻazallaringizni barmoqdagi sheʼrlaringiz bilan qiyos qilganda, gʻalati bir hodisaga duch kelganman. U. Normatov, Talant tarbiyasi. Barmoq orasidan qaramoq Beparvo, loqayd boʻlmoq, yetarli darajada ahamiyat, eʼtibor bermaslik.◆ Boʻtaboy aka baʼzan murosa yoʻlini tutganda, siz bunga barmoq orasidan qarayotibsiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Barmogʻini bigiz (yoki nayza) qilmoq Koʻrsatkich barmogʻi bilan ishora qilmoq, tanbeh bermoq.◆ -Haqorat qilma, — Qobil barmogʻini bigiz qilib, Oʻtapga oʻshqirdi. H. Gʻulom, Mashʼal.◆ Barmogʻini qizning koʻziga bigiz qilgan ekan, qiz dod deb yuboribdi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Barmogʻini tishlamoq 1) afsus qilmoq, attang demoq.◆ Bilgan bil-ganin ishlar, Bilmagan barmogʻin tishlar. Maqol.◆ Erinchoq ikki ishlar, oxiri barmogʻin tiiiar. Maqol.◆ Vaqtingni oʻtkazib, bar-mogʻingni tishlab qolma. "Qanotli soʻzlar"; 2) lol qolmoq, hayron boʻlib, oʻylanib qolmoq, xayol surmoq.◆ Hovuzni qishloq ichidan suv tashib toʻldirishga kelganda, hamma barmoq tishlab qoldi. "Mushtum".◆ Qosimov unga IKomiljonga/ darhol javob qilmadi, ak-sincha, barmogʻini tishlab, uzoq vaqt jim yurdi. I. Rahim, Ixlos. Besh barmogʻini ogʻizga tiqmoq (yoki urmoq) ayn. besh qoʻlni ogʻizga tiqmoq (yoki urmoq). q. besh.◆ Besh barmogʻing ogʻzingga tiqma, insof sari baraka deganlar. Besh barmoqaay bilmoq Juda yaxshi bilmoq; aniqtasavur qilmoq.◆ Narsalarning qadrini besh barmoqday biladi. Q. Muhammadiy. ◆ Toshkentdan kelgan Mirsharipov Xorazm oʻlkasini besh barmogʻiday yaxshi bilardi. J. Sharipov, Xorazm.◆ Noila hammani besh barmogʻiday biladi. S. Zunnunova, Olov. Ikki barmoqni burunga tiqib qolmoq ayn. ikki qoʻlni burunga suqib (yoki tiqib) qolmoq q. burun I.◆ Bizning shartimiz shuki.. yere iz va kam yerli kambagʻallar ikki barmogʻini bur-niga tiqib qolmasin! M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ -Hali ikki barmogʻimizni burni-mizga tiqib yuraveramiz deng? — Zamon hayajonlanib yana soʻradi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
2 Taxminan oʻrta qoʻl (barmoq) eniga baravar uzunlik oʻlchovi.◆ Kimga barmoqday, kimga tirnoqday. Maqol.◆ Beshta balo nedan kelar, Ikki barmoq tildan kelar. Maqol. ◆ m Boʻyi yerdan toʻrt barmoq koʻtarilgan gʻoʻza oralariga yoyilgan xotin-qizlar paxta oraligʻidagi yot oʻtlarni termoqda edilar. S. Ayniy, Qullar.
- Oʻn ikki barmoqli ichak anat. I n gichka ichakning oshqozondan boshlanadigan va uzunligi oʻn ikki barmoq eniga teng kela-digan qismi.
3 tex. Mashina va mexanizmlarning gʻoʻlacha shaklidagi qismi.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БАРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]OʻTIL
Feʼl
[tahrirlash]barmoq barmoq
Ruscha ru
barmoq
1 палец; ◆ bosh barmoq большой палец; ◆ koʻrsatgich barmoq указательный палец; ◆ oʻrta barmoq средний палец; ◆ barmoq bosmoq уст. приложить палец (вместо подписи); ◆ oʻn ikki barmoq ichak анат. двенадцатиперстная кишка; u barmogʻini tishlab qoldi (букв. он прикусил палец) он очень удивился и призадумался; ◆ besh barmoqni ogʻizga urmoq то же, что besh qoʻlni ogʻizga urmoq (см. besh);
2 тех. палец; porshen barmogʻi поршневой палец; ◆
- barmoq vazni лист. стихотворный размер, основанный на одинаковом количестве слогов в каждой строке; силлабический размер.