T. S. Eliot
Qiyofa
T. S. Eliot | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Thomas Stearns Eliot (talaffuzi: Tomas Stens Eliot)(26-sentyabr 1888-yil; Missouri, Amerika – 4-yanvar 1965-yil; London, Angliya) — shoir, esseist, dramaturg, noshir, adabiy tanqidchi, muharrir. XX asrning taniqli shoiri, ingliz modernizm sheʼriyatining namoyondasi. Eliot ijodida soʻzni mahorat bilan ishlatishda tildan unumli foydalana olishi, yozish uslubi, sheʼriyatining oʻziga xos tuzilishi bilan inliz adabiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan. U shuningdek, tanqidiy esselar toʻplami orqali eskirgan eʼtiqodlar oʻrniga yangilarini oʻrnatgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Biz izlanishdan toʻxtamasligimiz kerak. Izlanishlarimiz yakuni — boshlagan joyimizga qaytish va uni yangidan kashf qilish boʻladi.