Lev Tolstoy
Qiyofa
Lev Tolstoy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Lev Nikolayevich Tolstoy (ruscha: Лев Николаевич Толстой)(28-avgust 1828-yil; 7-noyabr 1910-yil) — keng ommaga mashhur rus yozuvchisi, publitsist va diniy namoyonda, tolstovchilar harakatining ideologi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Odamlarga muhabbating bo‘lmasa, jim yuraver! O‘z ishing bilan, buyumlar bilan, istagan narsang bilan shug‘ullangin-u, faqat odamlar bilan emas. Ishtaha boridagina ovqatlanish ziyonsiz va foydali bo‘lgani kabi sevgan paytingdagina odamlar bilan munosabatda bo‘lish foydali va ziyonsizdir... ("Tirilish" asaridan)
- Baxt-saodatni ehtiroslardan emas, oʻz qalbingizdan qidiring. Baxtning manbai tashqarida emas, ichimizdadir[1].
- Hamma dunyoni oʻzgartirish haqida oʻylaydi, lekin hech kim oʻzini oʻzgartirishni oʻylamaydi[2].
- Koʻpincha baxt-saodat qidiramiz, vaholanki, u yonginamizda boʻladi. Xuddi koʻzimizda turgan koʻzoynakni koʻpincha qidirganimiz kabi[2].
- Muhammad alayhissalomdan boshqa hech kim dushmanlarining hurmatiga sazovor boʻlgan emas. U zot koʻplab dushmanlarini Islomga kiritishga musharraf boʻlgan[2].