Kontent qismiga oʻtish

Aziz Nesin

Vikiiqtibosdan olingan
Aziz Nesin
Fayl:Aziz Nesin.jpeg
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Aziz Nesin (1915-yil, Istanbul; 1995-yil, Izmir) — turk hajviy yozuvchisi, dramaturg.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Eng go‘zal sheʼr matematikadir. Yer yuzida hozirgacha “ikki karra ikki to‘rt”dan ham go‘zal misra yozilmagan.
  • Barmoqlarimiz orasidagi bo‘shliq — biz uchun yaratilgan inson kelib uni to‘ldirishi uchun mavjud.
  • Tog‘lar qulamasin deb oh chekmayman. O‘zimni buzaman, dunyoni buzmayman.
  • Turk erkaklari dunyoning eng rashkchi erkaklari hisoblanishining sababi sevgilisiga emas, o‘ziga ishonishmaganidandir.
  • Ehtimol, quchoqlaydigan sevgilimiz yo‘qdir, ehtimol, yolg‘izdirmiz. Biroq bilib qo‘yingki, odamdek sevganimiz tufaylidir bu tanholigimiz.
  • Harbiy sohalarga sarflangan pul dunyodagi ochlik muammosining tamoman hal qilinishi uchun lozim bo‘lgan puldan yuz baravar ko‘p.
  • Xaritalarga qaradim, hech birida uying yo‘q.
    Ensiklopediyalarni titdim, hech birida surating yo‘q.
    Lug‘atlardan izladim, hech birida isming yo‘q.
    Ko‘zgudagi aksimga boqdim, seni ko‘rdim.
    Bildimki, sen mensan.
  • Dangasalarning ish kuni “ertaga”dir.
  • “Hech kimga ishonmayman” degan tushuncha yo‘q, “vaqtida unga ishondim, endi hech kimga ishonmayman” bor.
  • Hayot imtihon bo‘lsa, sira aziyat chekma, ismingni yoz va chiq. Balki o‘tolmassan, biroq isming ostida yap-yangi sahifa qoldirib ketasan.
  • Sovuq qotsang — bu iliqlik, qorong‘ulik cho‘ksa — bu nur yo‘qligidandir. Agar har tomon qorong‘i, sen sovuq qotayotgan bo‘lsang, bu uning yo‘qligidandir.
  • Bir urug‘ berding, chechagingni ol.
    Bir don berding, daraxtingni ol.
    Bir butoq berding, chamaningni ol.
    Dunyomni senga berdim, favat menda qol.
  • Tor joydan chiqqanlar keng joylarga sig‘ishmaydi.
  • Orzuyim bir bolakayga “Qanchalik yaxshi ko‘rasan?” savolini berganida qo‘lini ikki tomonga ochib “Mana shuncha” deydigan o‘sha masʼum sevgini topish edi…
  • Kambag‘alning yagona quroli — mehnatdir.
  • Yolg‘izligingni olib yonimga kel. Qo‘rqma, zerikmaymiz. Sening yolg‘izliging mening yolg‘izligim bilan suhbatlashadi, bizlar esa bir chetda jim turamiz.
  • Hayotim davomida bo‘yim qadar kitob yozdim, biroq meni yoqtirmaydiganlar bunga ham bir bahona topib — shusiz ham uning bo‘yi kichkina edi deya olishdi, xolos.
  • Inson faqat gapirgani emas, jim turgani oldida ham masʼuliyatlidir.
  • Bilasan, erkak uncha-munchaga yig‘lamaydi, biroq u yig‘lasa, ko‘zyoshlari hech qachon sohta bo‘lmaydi.

Manba

[tahrirlash]

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!