Kontent qismiga oʻtish

Zond orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zond orollari (Yava orolida yashovchi Zunda qabilasi nomidan) — Malay arxipelagining asosiy qismi. Ikki kiyemga boʻlinadi: 1) Katta Zond orollariSumatra, Yava, Kalimantan va Sulavesi; 2) Kichik Zond orollari — Yava orolidan sharqqa Timor oroligacha boʻlgan orollar (Bali, Lombok, Sumbava, Flores va boshqalar). Maydoni 1,5 mln. km2. Relyefi tog'li, vulkan harakatlari kuchli, tez-tez zilzila boʻlib turadi. Botqoqlashgan payettekislik kup. Qalay, volfram, neft, boksit va boshqalar foydali qazilmalar bor. Iqlimi nam ekvatorial iqlim, yogʻin yiliga tekisliklarda 2000 mm, togʻlarda 5000 mm gacha yogʻadi. Ekvatorial oʻrmonlar bilan qoplangan, janubi musson oʻrmonlari va savannalaridan iborat. Endemik oʻsimlik koʻp. Hududining katta qismi Indoneziya, qisman Bruney va Sharqiy Timor tarkibida[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil