Zarifa Ghafari
Zarifa G'afariy | |
Maydan Shahr meri | |
---|---|
Mansab davri 2019-yil noyabr - 2021-yil avgust | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1992-yil (29–30 yosh) Paktiya viloyati, Afgʻoniston |
Taʼlim | Panjob universiteti |
Kasbi | Tadbirkor, mayor |
Mukofotlari | Xalqaro jasoratli ayol |
Zarifa Gʻafariy (pushtucha: ظریفه غفاري, IPA: [zariːfɑː ɣəfɑːriː]; 1992-yilda tugʻilgan)[1] — afgʻon faoli va siyosatchisi.[2][3] 2019-yil noyabr oyida Afgʻonistonning Vardak viloyati poytaxti Maydan Shahr meri boʻldi.[4] Zarifa Afgʻonistonning kam sonli ayol hokimlarining biri boʻlgan va 26 yoshida bu lavozimga tayinlangan eng yosh vakili hisoblanadi.[5] U Afgʻonistonda ayollar huquqlarini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlari bilan mashxur.[6] Zarifa Gʻafariy 2020-yilda AQSh Davlat kotibi tomonidan Xalqaro jasoratli ayol sifatida tanlanadi.[7] U oʻziga qilingan uchta suiqasddan omon qolgan.[8]
Hayot va martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zarifa Gʻafariy 1992-yilda Kobulda tugʻilgan, afgʻon armiyasi polkovnigi va Maxsus operatsiyalar korpusi qoʻmondoni Abdul Vosi Gʻafariyning qizidir. Uning otasi 2020-yil 5-noyabr kuni Kobuldagi uyi oldida jangarilar tomonidan otib oʻldirilgan.[9][2][3] Zarifa Paktiya viloyatidagi Halima Xazan oʻrta maktabni oʻqiydi va Hindistonning Chandigarx shahridagi Panjob universitetida oliy taʼlimni davom ettiradi.
U 2018-yil iyul oyida amaldagi prezident Ashraf Gʻani tomonidan rasman Maydan Shahr meri etib tayinlanadi.[10] U Afgʻonistonning eng yosh meri boʻlib, bir nechta manbalar Zarifani Afgʻonistondagi birinchi ayol shahar hokimi sifatida atashgan.[11] Biroq, mahalliy siyosatchilar hokimlarning yoshi va jinsi haqidagi noroziliklari va tahdidlari tufayli uning Maydan Shahr meri sifatida tayinlanishi toʻqqiz oyga kechiktirilishiga toʻgʻri keladi.[12] Afgʻonistonda boshqa ayol merlar odatda madaniy jihatdan bagʻrikengroq boʻlgan hududlarga tayinlanishgan. Tolibon keng qoʻllab-quvvatlanadigan Vardak kabi anʼanaviy konservativ muhitdagi viloyatda ular yuqori mavqega ega edi.[9] Mer boʻlgan birinchi kunida u bir guruh erkaklar tomonidan taʼqibga uchraydi, ular uning ofisiga bostirib kelib, uni lavozimidan ketishi haqida ogohlantiradilar.[13] U, shuningdek, shahar hokimi lavozimini egallaganidan keyin Tolibon va IShID tomonidan oʻlim tahdidlariga ham duch kelgan. Zarifa 2019-yilning mart oyida Maydan Shahr meri sifatida qasamyod qiladi. Ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan u Kobulda yashay boshlaydi. Zarifa oʻz shahrida axlatga qarshi kampaniyani yoʻlga qoʻya oladi va u boshqa ayollarga oʻrnak boʻla oldi.[7] U bir necha marta suiqasddan omon qoladi. 2020-yil 5-noyabrda otasi qurolli shaxslar tomonidan oʻldirilganidan keyin u bunga shunday izoh berdi: „Bu Tolibonlar ishi. Ular meni Maydan Shahrda qolishnimni istamaydilar. Shuning uchun dadamni oʻldirishdi“[14] U, shuningdek, AQShning oʻsha paytdagi Davlat kotibi Mayk Pompeodan Afgʻonistondagi Tolibon muzokaralari natijasida yuzaga kelgan noaniqliklar ortidan ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus iltimos va murojaat bilan chiqadi.
2021-yil avgust oyida, Tolibon oldinga siljishi bilan Zarifa mamlakatni tark etmasligini eʼlon qildi. 2021-yilning 15-avgustida, Kobul Tolibon qoʻliga oʻtganidan soʻng esa: „Men bu yerda oʻtirib, ularning kelishini kutyapman. Menga yoki oilamga yordam beradigan hech kimim yoʻq. Men oilam bilan oʻtiraman. Va ular menga oʻxshaganlarni qidirib kelib, bizni oʻldirishadi“[15] 2021-yil avgust oyi oʻrtalarida Afgʻoniston hukumati Tolibon tomonidan qoʻlga kiritilgandan soʻng u turmush oʻrtogʻi, onasi va besh singlisi bilan 18-avgust, chorshanba kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yetib kelib, Afgʻonistonni tark etishadi.[16][17] Shundan soʻng, u Germaniyaning Bonn shahriga joylashishadi.[18]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]U BBC tomonidan 2019-yilda dunyoning turli burchaklaridan kelgan ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 nafar ayollar roʻyxatiga kiritiladi.[19] Zarifa 2020-yilda AQSh Davlat kotibi tomonidan Xalqaro jasoratli ayol mukofotini qoʻlga kiritadi.[7]
Shuningdek
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zarifa Ghafari — RUMI AWARDS (Wayback Machine saytida 2021-01-23 sanasida arxivlangan), rumiawards.com
- ↑ 2,0 2,1 ʻThey will come and kill me,’ says Afghanistanʼs first female mayor, smh.com.au, 17 August 2021
- ↑ 3,0 3,1 Who is Zarifa Ghafari? All you need to know about Afghanistanʼs 1st female mayor who is 'waiting for Taliban to come and kill her', freepressjournal.in, August 18, 2021
- ↑ News. „ROKH: Interview with Zarifa Ghafari, the Mayor of Maidan Wardak province“ (en-US). Ariana News. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ „Afghan Mayor Zarifa Ghafari Risks Her Life for Her Community“ (en). Time. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
- ↑ „Education Is the Key to Empowering Afghan Women“ (en-US). thediplomat.com. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „2020 International Women of Courage Award“ (en-US). United States Department of State. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ Paulami Pan. „Zarifa Ghafari: Waiting for them to come; First Afghan female mayor | World News — Times of India“ (en). The Times of India (19-aug 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
- ↑ 9,0 9,1 An Afghan Mayor Expected to Die. Instead, She Lost Her Father., nytimes.com, 06 Nov 2020
- ↑ „Female Mayor in Afghanistan Anticipates Her Impending Assassination“ (en-US). therealistwoman (2019-yil 23-oktyabr). 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „What the Return of the Taliban Means for Women and Girls in Afghanistan“. V Magazine. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
- ↑ „Newly-appointed female Afghan mayor barred from taking office“ (en-US). The Khaama Press News Agency (2018-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ Faizi, Fatima; Nordland, Rod. „Afghan Town's First Female Mayor Awaits Her Assassination“ (en-US). The New York Times (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ Faizi, Fatima; Gibbons-Neff, Thomas. „An Afghan Mayor Expected to Die. Instead, She Lost Her Father.“. The New York Times (6-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
- ↑ Planas, Antonio. „Female mayor in Afghanistan says she's waiting for Taliban to 'come... and kill me'“. NBC News (16-avgust 2021-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
- ↑ Rainer Schulze: Rettung auf der „Frauenschiene“, faz.net, 19 August 2021 (in German)
- ↑ „These Female Afghan Politicians Are Risking Everything For Their Homeland“ (en). NPR.org. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
- ↑ „»Es ist grausam, aus seiner geliebten Heimat gerissen zu werden«“ (de). spiegel.de (24-avgust 2021-yil).
- ↑ „BBC 100 Women 2019: Who is on the list?“ (en-GB) (2019-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.