Kontent qismiga oʻtish

Yurmala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yurmala — Latviyadagi shahar. 1959-yil noyabrda Kemeri va Sloka shahrilari hamda Riga shahrining Yurmala tumanidan tashkil etilgan. Riga qoʻltigʻining jan. sohili va Liyelupe daryosi oraligʻida joylashgan. Tarkibiga Liyelupe, Buldure, Dzintari, Mayori, Dubulti aholi punktlari ham kiradi. Aholisi 57,3 ming kishi (2016).[1] Iklimiy kurort (Riga sohili, Kemeri balneologik va balchiq kurorti bor). Sellyulozaqogʻoz, sport qayiqlari, torf, sement va taxta tilish zdlari, badiiy toʻqimachilik va galanteriya, "Texnoinform" fabriklari ishlab turibdi. Tarix va badiiyot muzeylari, latish shoiri Ya.Raynis muzeydala hovlisi bor.[2]

  1. «Latvijas iedzīvotāju skaits pašvaldībās pagastu dalījumā» (PDF), 2016-10-20da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2016-07-14
  2. "Yurmala" OʻzME. Yu-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil