Yevropa valyuta hamkorligi fondi
Qiyofa
Yevropa valyuta hamkorligi fondi — Yevropa Ittifoqining maxsus fondi. 1972-yil Bazelda imzolangan tartibga solinadigan valyuta yoʻlagini yaratish toʻgʻrisidagi bitimni amaliyotga joriy etish maqsadida 1973-yilda tuzilgan. Fond Xalqaro hisob-kitoblar banki yordamida Ittifoq mamlakatlari valyuta bozorida intervensiyalar tufayli yuzaga keladigan oʻzaro debet va kredit operatsiyalarida kliring agent sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari fond Ittifoq doirasida ishtirokchi mamlakatlar toʻlov balanslarida yuzaga keladigan vaqtinchalik qiyinchiliklarni engillatish imkoniyatini beruvchi qisqa muddatli kreditlar tizimini boshqaradi. Fond Yevropa valyuta tizimi doirasida ham shunday vazifalarni bajarib kelmoqda[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]