Yevgeniy Platov
Evgeni Platov | |
---|---|
Grishuk va Platov | |
Oldin vakil boʻlgan |
Rossiya Sovet Ittifoqi |
Tavalludi |
7-avgust 1967-yil Odessa |
Oldingi sheriklari | Oksana Grishuk, Larisa Fedorinova |
Yakunlagan | 1998-yil, mart |
Yevgeniy Arkadievich Platov (ruscha: Евгений Аркадьевич Платов; 1967-yil 7-avgustda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik muz raqqosi. U 1989-yildan 1998-yilgacha Oksana Grishuk bilan boʻlgan juftligi bilan mashhur. Sherigi Oksana bilan ikki karra Olimpiya chempioni (1994, 1998), toʻrt karra jahon chempioni (1994-1997) va uch karra Yevropa chempioni (1996-1998) boʻlgan[1].
Oldingi sherigi Yelena Krikanova bilan birga uch karra oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni (1984-1986) boʻlgan. Faoliyati davomidanSovet Ittifoqi va Rossiyani himoya qilgan. Yevgeniy muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashishni tark etganidan beri figurali uchish boʻyicha murabbiy va xoreograf boʻlib ishlaydi[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Platov 1976-yil oktyabr oyida yakka holda konkida uchishdan muz ustda raqs sportiga oʻtgan.
Platov 1987-yilda Larisa Fedorinova bilan kattalar darajasidagi faoliyatini boshlagan. 1988-yilda ular Karl Schäfer xotirasiga bagʻishlangan musobaqada oltin va „Moskva yangiliklari“ gazetasi sovrinlari turnirida kumush medalni qoʻlga kiritganlar. Ularning juftlik faoliyati 1989-yilning avgustida tugagan.
Grishuk bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniy Platov Natalya Dubova guruhida Oksana Grishuk bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik Moskvada mashgʻulotlar olib borishgan. Uch oy oʻtgach, ular 1989-yil dekabr oyida Sovet chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar. Juftlik 1990-yilda Jahon chempionatidagi ilk ishtirokida beshinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 1992-yilgi Yevropa chempionati va 1992-yilgi Jahon chempionatlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan.
Grishuk va Platov juftligi 1992 — 1993-yilgi mavsumning Yevropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etgan holda, kumush medallarini qoʻlga kiritgan. 1993 — 1994-yillarda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Olimpiya chempionligiga 1994-yilgi Olimpiadada erishgan. Ular mavsumni 1994-yilgi Jahon chempionatida oʻzlarining ilk jahon chempioni unvonini egallagan holda yakunladilar. Juftlik Rossiyani tark etib, murabbiy Linichuk bilan birga Delaver shtatining Newark shahriga koʻchib oʻtishgan va shu bilan birga mashgʻulotlar va yashash sharoitlarini yaxshilashgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiyaga qaytib kelgan Julin, mustaqil ravishda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Uning hozirgi va sobiq shogirdlari:
- Galit Chait / Sergey Saxnovskiy
- Penny Coomes / Nicholas Buckland
- Sinead Kerr / John Kerr
- Aleksandra Zaretskiy / Roman Zaretskiy
- Allison Rid / Otar Japaridze
- Olivia Smart / Joseph Buckland
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash](Oksana bilan)
Mavsum | Original raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
1997 — 1998 |
|
|
1996 — 1997 |
|
|
1995 — 1996 |
|
|
1994 — 1995 |
|
|
1993 — 1994 |
|
|
1992 — 1993 |
|
|
1991 — 1992 |
|
|
1990 — 1991 |
K. Schneider |
|
1989 — 1990 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oksana bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 1989 — 90 (URS) |
1990 — 91 URS) |
1991 -
92 |
1992 — 93 (RUS) |
1993 — 94 (RUS) |
1994 — 95 (RUS) |
1995 — 96 (RUS) |
1996 — 97 (RUS) |
1997 — 98 (RUS) |
Olimpiada | 4 | 1 | 1 | ||||||
Jahon chempionati | 5 | 4 | 3 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | |
Yevropa chempionati | 5 | 5 | 3 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | |
CS (GP) finali | 1 | 1 | |||||||
GP Trophée de France | 1 | 1 | |||||||
GP NHK Trophy | 2 | 2 | 1 | 1 | |||||
GP Skate America | 1 | ||||||||
Milliy | |||||||||
Rossiya chempionati | 1 | 1 | |||||||
Sovet chempionati | 3 | 2 | 1 | ||||||
GP = Gran-pri) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Glauber, Bill. „Grishuk, fire on and off ice, dances to own beat in Games; Never a dull moment in Russian's career as she, Platov pursue gold“. The Baltimore Sun (1998-yil 12-fevral). 2011-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Frey, Jennifer. „Basic Instinct for the Gold, and an Oscar“. The Washington Post (1998-yil 16-fevral). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.