Kontent qismiga oʻtish

Xloroform

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xloroform, trixlormetan, CHCl3 — oʻtkir hidli, shirin taʼmli, rangsiz suyuklik. Suyuqlanish temperaturasi —63,5°, qaynash temperaturasi 61,2°, zichligi 1148 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar (spirt, efir va boshqalar) bilan aralashadi. Yorugʻlikda havo kislorodi taʼsirida astasekin parchalanib fosgen, xlor, vodorod xlorid va chumoli kislota hosil qiladi. Xloroformni barqarorlashtirish uchun unga 1% li etil spirta qoʻshiladi. Xloroform metan, atseton yoki spirtni xlorlab olinadi. Freonlar sintezida boshlangʻich xom ashyo hisoblanadi. Narkotik moddalar guruhiga mansub. Tibbiyotda narkoz, sanoatda erituvchi sifatida qoʻllanadi.