Kontent qismiga oʻtish

Xlorofill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xlorofill c1 c2

Xlorofill (yun. chloros — yashil va phyllon — barg) — oʻsimliklarning yashil pigmenti, yuksak oʻsimliklarning xloroplastlarppya, tuban oʻsimliklar (suvoʻtlar)ning xromatoforalarida joylashadi. Kimyoviy tarkibi — gemoglobinga yakin turadi. X.ning biologik xususiyati yorugʻlik energiyasini oʻzlashtirish va uni organik moddalarning kimyoviy energiyasiga aylantirishdan iborat. X.ni birinchi marta fransuz olimlari P. Pelte va J. Kavantu yashil rang sifatida oʻsimlik bargidan ajratishgan (1818). Rus olimi M. S. Svet bir-biriga oʻxshash ikkita yashil pigment X. "o" va X. "v"ni kashf etgan (1910). X.ni 1960 yil amerikalik kimyogar R. B. Vudvord xodimlari bilan toʻla sintez qilib oldi. X.ning miqsori oʻsimliklar turiga, bargning joylashishiga va boshqa sharoitlarga bogʻliq. X. yetishmasa oʻsimliklar oʻsishi susayib, barglari sargʻayadi. Bu esa oʻsimliklarda xloroz kasalligini qoʻzgʻatadi.