Xitoy yoʻlbarsi
Xitoy yoʻlbarsi | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Panthera tigris amoyensis (Hilzheimer, 1905)
| ||||||||||||||||||
Xitoy yoʻlbarsi[1] yoki Janubiy Xitoy yoʻlbarsi[2], Janubiy Xitoyda yashovchi Panthera tigris tigris kenja turining populyatsiyaslaridan biri (Guandun va Xunan provinsiyalari). Ushbu tur populyatsiyasining yoʻqolib ketish xavfi yuqori boʻlgan tur hisoblanadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, 20 ga yaqin yoʻlbars qolgan. 2007-yil noyabr oyida Janubiy Afrikadagi qoʻriqxonada tutqunlikda tugʻilgan ushbu turdagi yoʻlbars bolalagan[3]. Bu Xitoydan tashqarida birinchi marta Xitoy yoʻlbarsi tugʻilishi boʻlgan[4]. Janubiy Xitoy yoʻlbarsi yaqin kelajakda yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan dunyodagi eng yaxshi hayvonlar oʻntaligiga kiritilgan[5].
Jismoniy holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu tur tana hajmi eng kichik kenja turlardan biri: erkak va urgʻochilarning tana uzunligi 2,2-2,6 metrni tashkil qiladi. Erkaklarining vazni 127 dan 177 kg gacha, urgʻochilariniki – 100 dan 118 kg gacha yetadi.
Yashash tarzi va oziqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Juda tez yuguradi, qisqa masofalarda soatiga 56 km tezlikka erishadilar, dunyodagi eng tez yoʻlbars turi hisoblanadi. Ular oʻljani ikki yoʻl bilan oʻldiradilar. Agar oʻlja oʻrtacha kattalikda boʻlsa, uni boʻyinining orqa tomonidan boʻgʻizlaydi. Agar hayvon katta boʻlsa, yoʻlbars oʻljani yerga uradi va uni panjalari, jagʻlari bilan boʻgʻishga harakat qiladi[6].
Yirik tuyoqli hayvonlarni ovlashni afzal koʻradi, koʻpincha yovvoyi choʻchqalarni, vaqti-vaqti bilan kiyik, muntjaklar va kulrang langurlarni ovlaydi. Kirpilar, quyonlar va tovuslar kabi kichik oʻlja turlari ozuqasining juda kichik qismini tashkil qiladi. Odamlar yashaydigan hududlarda chorva hayvonlari ovlaydi. Janubiy Xitoy yoʻlbarslarining qoʻshimcha oʻlja turlari qatoriga serou, tupli kiyik va sambarni kiritish mumkin[7].
Yoʻlbarslar yilning istalgan vaqtida juftlashadi, lekin koʻpayish noyabr oyining oxiridan aprel oyining birinchi yarmigacha sodir boʻladi. Erkaklar 5 yoshda, urgʻochilar esa 4 yoshda juftlashishga tayyor boʻladi. Nasl juftlashgandan keyin 103 kundan keyin tugʻiladi. Uyada uch-olti bola tugʻiladi. Ular tugʻma koʻr va vazni 780 dan 1600 g gacha boʻladi. Dastlabki 8 hafta davomida oziqlanadilar. Onasi ularga 6 oyligida ov qilishni oʻrgatadi. 18 dan 24 oylik boʻlgan bolalar onalaridan tashqi koʻrinishi jihatidan farq qila boshlaydilar.
Yashash hududi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilgari, ushbu kenja tur Xitoyning baland togʻli oʻrmonlarida keng tarqalgan. Bugungi kunda yashash hududi Xitoyning janubi-markazidagi uchta alohida hududga qadar qisqargan.
Populyatsiyasining kamayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yillarning boshlarida, Janubiy Xitoy yoʻlbarslari soni tabiatda 4000 dan ortiq boʻlgan, Mao Szedun eʼlon qilgan „Buyuk sakrash“ dasturidagi keng koʻlamli zararkunandalarga qarshi kurash kampaniyalarining nishoniga aylandi. Nazoratsiz ovlash oqibatlari oʻrmonlarning keng miqyosda kesilishi va mavjud yirtqichlarning qisqarishi, shahar aholisining qishloq joylariga keng koʻlamli koʻchirilishi, natijada yoʻlbarslar populyatsiyasining boʻlinishi va boshqa tasodifiy hodisalar tufayli Xitoyda tur keskin kamaya boshlagan. 1982-yilga kelib, yovvoyi tabiatda taxminan 150-200 Janubiy Xitoy yoʻlbarsi qolgan. 1987-yilga kelib, Janubiy Xitoy yoʻlbarsining qoldiq populyatsiyasi yovvoyi tabiatda 30-40 tagacha deb taxmin qilingan, shuning uchun yoʻqolib ketish deyarli muqarrar edi. 1990-yilda oʻtkazilgan soʻrovda Janubiy Xitoy yoʻlbarsining izlari Sichuan, Guandun, Hunan, Jiansi va Fudzian togʻlarida joylashgan 11 qoʻriqxonada topilgan, ammo maʼlumotlar populyatsiya sonini hisoblash uchun yetarli boʻlmagan. Yoʻlbarslar bevosita kuzatilmagan; dalillar faqat oyoq izlarini kuzatish, oʻldirilgan va mahalliy aholi koʻrgan yoʻlbarslarga nisbatan olingan.
Tutqunlikdagi holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1986-yil mart holatiga koʻra, Xitoyning 17 hayvonot bogʻi oʻz toʻplamlarida 40 ta Janubiy Xitoy yoʻlbarslarini saqlagan, ulardan 23 tasi erkak va 14 tasi urgʻochi, ularning hech biri tabiatda tugʻilmagan. Ularning barchasi Fudziandagi bitta va Guychjoudagi beshta yoʻlbarsning uchinchi yoki toʻrtinchi avlodining bolalari boʻlgan. Notekis jinsiy nisbat va notoʻgʻri juftlashish kabi muammolar maʼlum boʻlgan. 2005-yilda Janubiy Xitoy yoʻlbarslarining tutqunlikdagi soni 57 ta dan iborat boʻlib, ammo ularda nomutanosib koʻpayish holati aniqlangan. 2007-yilda dunyo boʻylab tutqunlikdagi yoʻlbarslar soni 72 ta ni tashkil etgan; Xitoydan tashqarida tutqunlikdagi Janubiy Xitoy yoʻlbarslari kam. Ulardan bir nechtasi „sof“ Janubiy Xitoy yoʻlbarslariga oʻxshaydi, chunki ularni boshqa kenja turlar bilan chatishtirishning genetik dalillari mavjud. 2019-yilda Xitoyda 150 ga yaqin Janubiy Xitoy yoʻlbarslari tutqunlikda boʻlgan. Ulardan 144 tasi 1994-yildan beri Xitoy hayvonot bogʻlari assotsiatsiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan naslchilik va boshqaruv dasturining bir qismi boʻlgan, beshtasi Guychjou va bittasi Fudzian provinsiyasida qayd etilgan.
Bitta yoʻlbars bolasi 2007-yil noyabr oyida Janubiy Afrikadagi Laohu vodiysi qoʻriqxonasi deb nomlanuvchi shaxsiy qoʻriqxonada tugʻilgan. U Xitoydan tashqarida tugʻilgan birinchi yoʻlbars bola boʻlgan. Shandan beri bir nechta yoʻlbars bolalari tugʻilgan. 2016-yil holatiga koʻra, Laohu vodiysi qoʻriqxonasida 19 ta yoʻlbars yashashi qayd etilgan.
Yoʻlbarslar va odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1957-yilda Janubiy Xitoy yoʻlbarsi Xunan provinsiyasida 32 kishini oʻldirgani haqida xabar berilgan[8]. Ammo, yoʻlbarslar odatda odamlardan qochishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Фишер Д., Саймон Н., Винсент Д. Красная книга. Дикая природа в опасности / пер. с англ., под ред. А. Г. Банникова. — М.: Прогресс, 1976. — С. 112. — 478 с.
- ↑ „"A revised taxonomy of the Felidae: The final report of the Cat Classification Task Force of the IUCN Cat Specialist Group"“ (en). Cat News (Special Issue 11): 66–68. 2018-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
- ↑ South China Tiger Info
- ↑ „South China Tiger — Stem Tiger — Panthera tigris amoyensis“. 2006-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
- ↑ „South China Tiger Believed Still Exists in Wild — china.org.cn“. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
- ↑ „Amoy Tiger (South China Tiger)“. 2009-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
- ↑ CiteSeerX(ingl.) // Wikipedia. — 2022-07-26. Архивировано 26 iyul 2022 года.
- ↑ „资讯_凤凰网“. news.ifeng.com. 2021-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Xitoy yoʻlbarsi haqida turkum mavjud |