Xeylunszyan
Xeylunszyan - Xitoyning shimoli-sharqiy qismidagi provinsiya, Amur daryosi (xitoycha Xeylunszyan) havzasida. Maydoni 463,6 ming km². Aholisi 37,73 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Xarbin sh.
Yer yuzasining aksari qismi tekislik. Shim.gʻarbida Katta Xingan, oʻrta qismida Kichik Xingan, janubi-sharqida Sharqiy Manchjuriya togʻlari joylashgan. Maydonining 30% oʻrmon bilan qoplangan. Xoʻjaligi agrarindustrial xarakterga ega. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, kartoshka, arpa, suli va boshqa ekiladi. X. qand lavlagi, soya, uzun tolali zigʻir, kungaboqar yetishtirishda mamlakatda 1oʻrinda. Kumir, yonuvchi slanets, temir rudasi va rangli metall rudalari qazib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Neft quvurlar orqali Datsin, Pekin, ShanyanDalyan sh.lariga yuboriladi. Mashinasozlikning turli tarmoqlari, metallurgiya, kimyo, qogʻoz, yogochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari, stanoklar, elektrotexnika, radioelektronika buyumlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Daryolarida kema qatnaydi. Asosiy shaharlari — Sitsikar, Mudantszyan, Xegan va boshqa
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |