Kontent qismiga oʻtish

Xaos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaos (yun. chaos – tartibsizlik) – yunon mifologiyasida azaliy cheksiz fazo. Olamning yaratilishigacha mavjud boʻlgan. Xaos – koinot manbai, u Geya (Yer), Erot (sevgi), Ereb (qorongʻulik) va Nyukta (tun)ni yaratgan, ulardan esa goʻyo Yerda yashovchi barcha narsa paydo boʻlar emish. Kuchma maʼnoda – boshdanoyoq tartibsizlik, chigallik.