Vosil ibn Ato
Vosil ibn Ato — moʻʼtazila yo‘nalishining eng birinchi asoschisi va vosiliyaning yetakchisi. Vosil ibn Ato Gʻazzol (80/699-131/749 y.) Hasan Basriyning shogirdi bo‘lgan va aqlga tayanib fikr yuritganligi sabab Ahli sunna val-jamoadan ajralib chiqqan. Uning fikricha, «gunohi kabira qilganlar qiyomat kunida ikki manzil o‘rtasida bo‘lishadi». Haruriylardan hisoblangan moʻʼtaziliylar Ali, Muoviya va bitimga rozi bo‘lmagan kishilar ixtiloflashgan paytda «sahobalarning ishi bizga shubha tug‘dirdi», - degan odamlardir. Ularning nazdida, agarulardan avvalgi ish to‘g‘ri bo‘lganida bitim ham haqqoniy bo‘lar edi. Birinchi ish botil bo‘lib, ikki firqaning hech biriga rahbarlik qila olmasdan, ulardan uzoqlashadi. Kimki u ikkisiga ergashsa, xato qilgan bo‘ladi. Chunki imon so‘z va amal bo‘lib, ular haqida bizning bilganimiz shubhalidir. Vosil azraqiylar fitnasi davrida Hasan Basriynin gsuhbatlarida faol ishtirok etar edi.Bu davr ulamolari kabira gunoh qiluvchilar ustidan turlicha hukmlarni e’lon qilar edilar.Masalan, bir firqa xoh kichik, xoh katta gunoh qilgan kiptini mushrik deb atasalar, boshqa birfirqa a’zolari azraqiylar kabi gunohkor bandalarni ham mushrik ham kofir deb atar edilar. Boshqa firqa ummat ijmo qilgan katta gunohlarni qiluvchilarga kofir va mushrik, ular ixtilof qilgan gunohlarni qiluvchilarga esa mujtahidlarning xulosasiga qarab baho berar edilar. Yanabir boshqa firqa gunohkor bandalarni munofiq deb atashar va kofirdan ham battar deb bilishar edi. Ahli sunna val-jamoa ulamolari esa kabira gunoh kiluvchi kishini fosiq deb hukm yuritadilar. Bu aqida tobeinlardan boshlab, asrimizgacha davom etib kelmokda. Vosil ibn Ato buyuk alloma Hasan Basriyning haqqoniy ta’limotidan yuz o‘girib, xavorijlar aqidasini qo‘llab-quvvatlagani uchun ustozining darsidan mahrum bo‘lib, o‘zi alohida firqa tashkil qilib oladi va bu firqaga Hasan Basriy moʻʼtazila firqasi deb nom beradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 124.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |