Volodimir Groysman
Volodimir Groysman Володи́мир Гро́йсман | |
---|---|
Ukraina Bosh vaziri | |
Mansab davri 2016-yil 14-apreldan – 2019-yil 29-avgustgacha | |
Prezident | Petro Poroshenko |
Oʻtmishdoshi | Arseniy Yatsenyuk |
Vorisi | Oleksiy Xonarchuk |
Mansab davri 2014-yil 25-iyuldan – 31-iyulgacha v.b. | |
Prezident | Petro Poroshenko |
Oʻtmishdoshi | Arseniy Yatsenyuk |
Vorisi | Arseniy Yatsenyuk |
Ukraina Oliy Radasi raisi | |
Mansab davri 2014-yil 27-noyabrdan – 2016-yil 14-aprelgacha | |
Oʻtmishdoshi | Oleksandr Turchinov |
Vorisi | Andriy Parubiy |
Ukraina hududiy rivojlanish vaziri | |
Mansab davri 2014-yil 27-fevraldan – 27-noyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Arseniy Yatsenyuk |
Oʻtmishdoshi | Gennadiy Temnik |
Vorisi | Gennadiy Zubko |
Vinnitsa meri | |
Mansab davri 2006-yil 28-martdan – 2014-yil 27-fevralgacha | |
Oʻtmishdoshi | Oleksandr Dombrovskiy |
Vorisi | Sergiy Morgunov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Volodymyr Borisovich Groysman 20-yanvar 1978-yil Vinnitsa |
Siyosiy partiyasi |
Petro Poroshenko Bloki (2014–yildan) |
Mukofotlari |
Volodimir Borisovich Groysman,[1] yoki Volodymyr Borisovich Hroysman[2] (ukraincha: Володи́мир Бори́сович Гро́йсман[3] idishcha: וואָלאָדימיר באָריסאָוויטש גרויסמאַן) (20-yanvar 1978), – Ukrainalik siyosatchi, 14-aprel 2016-yildan 29-avgust 2019-yilgacha Bosh vazir[4][5][6].
2006-yil martidan 2014-yil fevraligacha Groysman Vinnitsa meri boʻlgan[7][8]. 2014-yil noyabrigacha Ukraina Bosh vazirining mintaqaviy siyosat boʻyicha oʻrinbosari va Ukraina mintaqaviy rivojlanish, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimlarida (bir vaqtning oʻzida ikkita lavozimda) ishlagan[9]. Petro Poroshenko blokining partiya roʻyxati boʻyicha parlamentga saylangan. Groysmanning keyingi lavozimi 2014-yil noyabr oyi oxiridan bosh vazir etib tayinlangunga qadar Oliy Rada (Ukraina milliy parlamenti) raisi boʻldi[10]. 2019-yilgi Ukraina parlament saylovida „Ukraina strategiyasi“ partiyasi yetakchisi sifatida qatnashgan[11]. Ammo bu partiya parlamentdagi oʻrinlarni qoʻlga kirita olmadi[12]. Groysmanning bosh vazirlik faoliyati 2019-yil 29-avgustda Oleksiy Goncharuk Ukraina bosh vaziri etib tayinlangani bilan yakunlandi[13].
Koʻpgina ommaviy axborot vositalarida, garchi Yuxim Zvyaxilskiy avval bosh vazir vazifasini bajaruvchi boʻlgan boʻlsa-da[14], Groysman Ukrainaning birinchi yahudiy bosh vaziri deb ataladi[15][16][17][18].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Volodimir Borisovich Groysman Vinnitsada yahudiy oilasida tugʻilgan[19][20][21]. Uning otasi Boris Groysman biznesmen va mahalliy siyosatchi[22]. Mehnat faoliyatini 1994-yilda otasining „OKO“ kichik xususiy korxonasida tijorat direktori, „Molodost“ xususiy korxonasida tijorat direktori lavozimlarida boshlagan[22][23]. Groysman Ukrainaning mintaqalararo xodimlarni boshqarish akademiyasida (MAUP nomi bilan tanilgan) tahsil olgan[24].
2002-yilgi mahalliy saylovlarda 29-saylov okrugidan Vinnitsa shahar kengashi deputati etib saylangan. Kengashda inson huquqlari, qonuniylik, kengash aʼzolari faoliyati va odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi rahbari oʻrinbosari lavozimida ishlagan[25]. 2003-yilda Hududlararo Xodimlarni boshqarish akademiyasini huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[25]. 2004-yilda Groysman „Bizning Ukraina“ partiyasiga qoʻshildi[26].
2005-yil 25-noyabrda shahar Kengashi raisi va shahar maʼmuriyati rahbari (meri) vazifasini bajaruvchi etib saylandi[27]. 2006-yil 26-martdagi mahalliy saylovlarda shahar meri etib saylandi[27]. Ukraina maʼmuriy markazining eng yosh meri boʻldi (saylov paytida 28 yoshda edi)[28]. 2010-yil 10-oktabrda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda „Vijdon“ partiyasidan nomzod sifatida ikkinchi muddatga shahar meri etib saylandi. Uni fuqarolarning 77,81% qoʻllab-quvvatladi[27]. Groysman mer boʻlgan davrda Ukraina shaharlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti boʻlgan[27].
2010-yil fevral oyida Groysman Milliy Davlat boshqaruvi akademiyasini Jamiyat rivojlanishini boshqarish, mahalliy va mintaqaviy darajadagi menejment mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[29].
2014-yil 27-fevralda Groysman bir vaqtning oʻzida Yatsenyuk birinchi hukumatida Mintaqaviy siyosat boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari, Ukrainaning mintaqaviy rivojlanish, qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi[30]. Bu davrda Groysman Donbassdagi urush paytida Malaysia Airlines 17-reysi („MH17“) halokati boʻyicha Ukraina maxsus hukumat komissiyasining raisi etib tayinlandi[31][32].
Ushbu hukumatni qoʻllab-quvvatlagan parlament koalitsiyasi 2014-yil 24-iyulda Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk boshchiligida darhol isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[33][34][35][36]. Biroq Yatsenyukning isteʼfosi parlament tomonidan qabul qilinmadi[37]. Shunga qaramay, 2014-yil 25-iyulda Yatsenyuk hukumati Groysmanni bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinladi[38]. 2014-yil 31-iyulda Oliy Rada Yatsenyukning isteʼfosini rad etdi, chunki 450 deputatdan atigi 16 nafari uning isteʼfosi uchun ovoz berdi[39].
Jamoatchilikning noroziligi va hukumatdagi korrupsiya ayblovlari bilan Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk 2016-yil 10-aprelda isteʼfoga chiqishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi[40]. Bir necha kunlik parlament muhokamalaridan soʻng, 2016-yil 14-aprelda Groysman 257-dan 50-ga qarshi deputatlar tomonidan Ukrainaning bosh vaziri etib saylandi[41]. Groysman Ukrainaning eng yosh bosh vaziri (saylovda 38 yoshda) va yahudiy millati yoki diniga mansub boʻlgan yagona shaxs[42][43][44].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Groysman or Hroysman? The Ukrainian Weekly. 22-aprel 2016
- ↑ Hroisman as appointed Ukraineʼs acting prime minister
- ↑ Official biography on the web-site of the Ukrainian Government
- ↑ „Ukraine MPs approve Volodymyr Groysman as new PM“. BBC News (14-aprel]] 2016). Qaraldi: 14-aprel 2016.
- ↑ „Mayor Volodymyr Groysman described the reception...“. 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun. (Wayback Machine saytida 2016-11-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Whoʻs who of the Council of Europe Congress - Individual Member data“.
- ↑ „News - Mayor Volodymyr Groysman described the reception...“. www.vmr.gov.ua. 2021-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-fevral.
- ↑ „Congress of Local and Regional Authorities“. Congress of Local and Regional Authorities.
- ↑ http://www.heritageabroad.gov/ (PDF), 2013-12-23da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2018-06-23
{{citation}}
: External link in
(yordam)|title=
- ↑ „Letter to Volodymyr Groysman“. 2013-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-fevral.
- ↑ „Гройсман розповів про партію, з якою піде на вибори“. Українська правда.
- ↑ Servant of the People Party wins 124 mandates on party ticket in Rada elections, Interfax-Ukraine (5 August 2019)
- ↑ Ukrainian Lawmakers Approve Political Novice Honcharuk As Prime Minister, Radio Free Europe (29 August 2019)
- ↑ Yefim Zvyagilskiy: „UMIRAT Ya BUDU DOMA, V DONYeTsKYe, KAK BI MNYe NYe STARALIS POMYeShAT“
- ↑ „Jewish Wunderkind Turned Ukrainian Prime Minister – Who Is Vlodymir Groysman?“ (en). Haaretz (2016-yil 14-aprel). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- ↑ „Analysis: Choice of Jewish PM undercuts long-held accusations of state anti-Semitism in Ukraine“. The Jerusalem Post | JPost.com. Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- ↑ Скрипін, Роман. „Мер Вінниці Володимир Гройсман: "Сьогодні ми прибираємо краще і витрачаємо в два рази менше коштів"“. Радіо Свобода (2009-yil 30-mart). Qaraldi: 2019-yil 20-may.
- ↑ Ofіsіyniy portal Verxovnoї Radi Ukraїni
- ↑ JNi.Media. „Meet Volodymyr Groysman, Ukraine's Jewish Prime Minister“ (en-US). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- ↑ Israeli envoy warns of growing trend as Ukraine unveils statue of anti-Semite, The Times of Israel (28 October 2017)
- ↑ Russia and Ukraine at war – among the Jews anyway, Jewish Telegraphic Agency (27 March 2014)
- ↑ 22,0 22,1 (ruscha) Short bio, LIGA
- ↑ The rapid rise of Ukraineʼs Volodymyr Groysman, Deutsche Welle (12 April 2016)
- ↑ (ruscha) Short bio of Volodymyr Groysman, LIGA
- ↑ 25,0 25,1 (ruscha) Short bio, LIGA
- ↑ The rapid rise of Ukraineʼs Volodymyr Groysman, Deutsche Welle (12 April 2016)
- ↑ 27,0 27,1 27,2 27,3 (ruscha) Short bio, LIGA
- ↑ Ukrainian president taps Jewish politician to be next prime minister, Jerusalem Post (14 April 2016)
- ↑ (ruscha) Short bio, LIGA
- ↑ (ruscha) Short bio, LIGA
- ↑ "Malaysia demands unrestricted access to crash site, " 21 July 2014, The Star/Asia News Network in The Straits Times, retrieved 18 April 2016
- ↑ Higgins, Andrew & Rick Gladstone, "More bodies possible at Ukraine crash site, officials say, " 23 July 2014, NYT News Service in The Times of India, retrieved 18 April 2016
- ↑ Herszenhorn, David M.. „Ukraine Prime Minister Resigns, as Kiev Moves Toward Elections“. New York Times (2014-yil 24-iyul). Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
- ↑ Rada speaker announces dissolution of parliamentary coalition, Interfax-Ukraine (24 July 2014)
- ↑ Ukrainian PM Yatseniuk announces resignation in parliament, Interfax-Ukraine (24 July 2014)
- ↑ Yatseniuk says collapse of Rada coalition means failure to pass laws on filling budget, Interfax-Ukraine (24 July 2014)
- ↑ Yatseniuk’s statement of resignation sent to parliament – Hroisman, Interfax-Ukraine (25 July 2014)
- ↑ Government adopts resolution appointing Hroisman as Ukraineʼs acting PM, Interfax-Ukraine (25 July 2014) Deputy PM Hroisman appointed Ukraineʼs acting premier, says Avakov, Interfax-Ukraine (25 July 2014)
- ↑ Rada expresses confidence in PM Yatseniuk, Interfax-Ukraine (31 July 2014)
- ↑ Ukrainian PM Yatsenyuk resigns, UNIAN (10 April 2016) Ukraine Prime Minister Arseniy Yatsenyuk to resign, BBC News (10 April 2016)
- ↑ „Ukraine MPs approve Volodymyr Groysman as new PM“. BBC News (2016-yil 14-aprel). Qaraldi: 2016-yil 14-aprel.
- ↑ Kramer, Andrew E.. „Volodymyr Groysman Approved as New Prime Minister by Ukraine's Parliament“. The New York Times (2016-yil 14-aprel). Qaraldi: 2016-yil 16-aprel.
- ↑ „Ukraine MPs approve Volodymyr Groysman as new PM,“ 14 April 2016, BBC World News, retrieved 18 April 2016
- ↑ IANS, "Ukrainian parliament accepts PM’s resignation and appoints new head, " 14 April 2016, IANS in The Times of India, retrieved 18 April 2016