Vladimir Demagin
Vladimir Vasilyevich Demagin (1924.15.7, Toshkent) — uchuvchi, "Xizmat koʻrsatgan sinovchi-shturman" (1967). Sinovchi-uchuvchilar maktabini tugatgan (1952). Mehnat faoliyatini Toshkentdagi V. P. Chkalov nomidagi aviatsiya zdida yigʻuvchi-parchinlovchilikdan boshlagan (1941—42). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—44). Harkov harbiy aviatsiya bilim yurtida (1944), Jukovskiy (Moskva viloyati) sinovchi-uchuvchilar maktabida (1952) oʻqigan. Toshkent aviatsiya zavodi (xoz. Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) uchishsinov stansiyasida bortradist (1945—49), sinovchi-shturman (1949—80), qidiruvqutqaruv xizmati boshligʻi (1980—84), navbatchi shturman (1984—92). Toshkent aviatsiya zdida ishlab chiqarilgan LI-2, AN-8, AN-12, AN-22, IL-12 va IL-76 (turli modi-fikatsiyalari) samolyotlarini sinashda qatnashdi, havodagi parvozi 4 mln. km dan ortiq (13000 soat). Koʻplab shturman shogirdlar tayyorlagan. "Jasorat", "Shuhrat" (1994) medallari bilan takdirlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |