Kontent qismiga oʻtish

Vivianit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vivianit

Vivianit (ing . mineralogi J. G. Vivian nomidan) — fosfatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi Gʻe3[RO4]2-8N2O. Monoklin singoniyali. Qoʻshimchalari: Mn, Mg, Ca, Gʻe 3. Rangsiz, koʻkimtir kristallar, nursimon, tolasimon agregatlar. Shaffof, vaqt oʻtishi bilan koʻk yoki toʻq yashil rangga kiradi. Yaltiroqligi shishasimondan xira sadafsimongacha. Kattiqligi 1,5—2. S.ogʻ. 2,7—2,9. Nurash mahsuloti. Torfli yerlarda keng tarqalgan. Ikkilamchi minerallar hamda pirit, pirrotin minerallari nurash mahsulotlarida uchraydi. Bavariya (Germaniya), Yugoslaviya, RF (Moskva yonidagi torfli yerlarda), Ukraina (Kerch temir ruda havzasida, Volin torfli yerlarida, Zakarpate), Angliya, Boliviyada V. konlari topilgan. Fosforli oʻgʻit sifatida va baʼzan koʻk boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil