Kontent qismiga oʻtish

Villemit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Villemit (Niderlandiya qiroli Vilgelm I nomidan) — orolsimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Zn2 (Si O4). Koʻshimchalari Mn, Ca, Mq. Singoniyasi trigonal. Rangsiz, yashilsimon yoki sargʻish-qoʻngʻir. Ultrabinafsha va katod nurlarida lyuminessensiyalanadi. Yaltirashi shishasimon, yogʻsimon, smolasimon. Prizmatik va baʼzan ignasimon kristallar. Odatda, donador yoki radial shuʼlasimon agregatlar. Kattikligi 5—6. S. ogʻ. 3,8—4. Koʻrgʻoshin-ruxli konlarning oksidlanish zonasida, shuningdek baʼzi bir kontakt-metasomatik konlarda hosil boʻladi. Rux olinadigan ruda. Rangi tiniq turlari qimmatbaho tosh hisoblanadi. AQSH, Zambiya, RF (Sharqiy Zabaykale, Primore), Ukrainada, Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda (Qurama tizmalarida), Qirgʻizistonda (Kumushtov) topilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil