Kontent qismiga oʻtish

Ustun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ustunbinoning tayanch qismi. Asosan, tomni koʻtarib turishga xizmat qiladi. Ustun deyarli hamma xalqlarning meʼmorligida qadimdan mavjud. Meʼmorlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarilgan Qadimgi Misr, Yunoniston, Rimda, shuningdek, budda dini tarqalgan mamlakatlarda ustunning shakli, hajmi, bezaklariga asoslangan meʼmorlik orderlariga kolonna va kolonnada parnit turli tasvir va naqshlar bilan bezatilgan oʻziga xos turlari vujudga kelgan.

Oʻrta Osiyoda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ustun qismlari: 1-dandana; 2-manglay; 3-piromon taxta; 4-qalamcha; 5-qosh; 6-toqya; 7-bosha; 8-urya; 9-madohil; 10-koʻzagi; 11-xumorcha; 12-zuanga/marginak; 13-urya tosh boshi; 14-boʻyin; 15-imjak; 16-urya tosh; 17-koʻkrak; 18-lali.

Oʻrta Osiyoda geografik muhit taqozosi bilan ustunlar xalq meʼmorligida, asosan, tik va toʻgʻri oʻsgan daraxt (tol, terak, qayragʻoch) tanasidan yasalgan xillari keng tarqalgan. Ustunlar qosh, toqya, bosha, urya, madohil, koʻzagi, xumorcha, zuanga/marginak, poyustun kabi qismlarga boʻlingan. Ular badiiy talqinda odam gavdasiga qiyos etiladi. Ustunlar tayanch vazifasidan tashkari bezak sifatida ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Yogʻoch oʻymakorligida pardozlangan ustunlar xaqiqiy sanʼat asari hisoblanadi. Ustunlar aylana, murabba, 6 va 8 qirrali shakllarda ishlanadi.

Ustunlar xozirgi kunda kun meʼmorligida ham keng qoʻllanadi. Pishiq gʻisht, tosh, metall, temirbeton kabi ustunlarning oʻziga xos turlari zamonaviy qurilishda keng tadbiq etilmoqda.

Xorazm ustunlari mustahkamligi, bezaklarga boyligi, balandligi (7,8 metrgacha) bilan ajralib turadi (Juma masjid, Toshhovli va boshqalar).