Ursus arctos sitkensis
Bronks hayvonot bogʻidagi ayiq | ||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Ursus arctos sitkensis Merriam, 1896 |
Ursus arctos sitkensis (Sitka qoʻngʻir ayigʻi) – janubi-sharqiy Alyaskada va Aleksandr arxipelagining bir qismi boʻlmish Admiralti, Baranof va Chichagof orollarida (xalq tilida ABC orollari deb nom olgan) uchrovchi jigarrang ayiqning kichik turi va populyatsiyasi. U nafaqat qoʻngʻir ayiqlar, balki qutb ayiqlari bilan ham aloqador boʻlgan noyob genetik tuzilishga ega[2]. Qoʻngʻir ayiq yomgʻirli, nam iqlimga ega Tongass milliy oʻrmonidan topilgan.
Morfologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]ABC orollarida uchrovchi mazkur ayiqlarning koʻrinishi, odatda Alyaska yarim orolida yashovchi jigarrang ayiqlarnikiga juda oʻxshash boʻlib, ular sutli shokolad rangidagi moʻyna bilan qoplangan. Ushbu ayiq turining dum qismi oq boʻlib, jussasi – ulkan[3]. Ayiq turi odatda sutli shokolad rangida boʻlsa-da, ayrim vakillarining yungi malla, hattoki, qora rangda ham boʻlishi mumkin. Ayiqlarning old oyoq barmoqlarida uzun tirnoqlar mavjud. Voyaga yetgan erkak ayiqlarning vazni oʻrtacha 195–390 kg (430–860 lb) ni tashkil qiladi. Katta yoshli urgʻochilarining vazni esa oʻrtacha 95–205 kg (210–450 lb) ga teng. Voyaga yetgan ayiqlarning oʻrtacha boʻyi 90–110 cm (35–43 in) ni tashkil etadi[ iqtibos kerak ].
Yashash joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu ayiqlar Tongass milliy oʻrmoni hududida yashaganligi sababli, Tongass ekotizimida joylashgan turlar bilan birga hayot kechiradi. Ushbu ekotizimda ikkita daraxtda yashovchi turi Picea sitchensis va Tsuga heterophylla keng tarqalgan[ iqtibos kerak ].
Ovqatlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ursus arctos sitkensisning ratsioni mintaqa uchun endemik boʻlgan turli xil oʻsimlik va hayvonlardan tarkib topgan. Turli xil qoʻziqorin, oʻsimlikning piyozchalari, salmon malinasi va koʻk maymunjon singari rezavorlar ayiqlarning asosiy isteʼmol mahsulotidir. Hayvonlardan suvsar, sichqon, olmaxon va lasos singari jonivorlarni ovlaydi[ iqtibos kerak ].
Xulq-atvori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu turdagi ayiqlar odatda yolgʻiz holda yashaydilar, biroq oziq-ovqat manbalari koʻp boʻlgan hududlarda toʻda boʻlib yurish holatlari kuzatiladi. Moʻl-koʻl oziq-ovqat mahsulotlariga ega boʻlgan hududlar bir nechta ayiqlarni jalb qilishi mumkin. Ayiqlar jinsiy yetuklikka oʻrtacha 4-7 yoshda erishadilar, juftlashish may va iyul oylarida sodir boʻladi. Ushbu ayiqlar uchun qish uyqusi oktyabrdan aprelgacha, uzogʻi iyun oyigacha davom etadi. Homilador ayiqlar yanvar yoki fevral oylarida uyada bolalaydi, oʻrtacha ikki-uchtagacha bola tugʻadi. Tugʻilgan ayiq onasi bilan uch yilgacha birga yashaydii, bu vaqt ichida ona ayiq homilador boʻlmaydi[4].
Oq ayiqlar bilan bogʻliqligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu jigarrang ayiq qoʻngʻir ayiq bilan bogʻliq barcha jismoniy xususiyatlarni va xatti-harakatlarini oʻzida namoyish etadi, ammo ular mitoxondrial DNKga ega ekanligi bilan qoʻngʻir ayiqlardan farqlanadi. Bu xususiyat, jigarrang ayiqlarning qutb ayiqlari bilan ham bogʻliqligi bor ekanligini koʻrsatadi[5].
Tadqiqotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996-yilda Alyaskadagi jigarrang ayiqlarning filogeografiyasi, xususan Alaskada mavjud boʻlgan kenja turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, ayrim populyatsiyalar faqat ABC orollariga xos boʻlgan[6]. Ursus arctos sitkensis ayiqlari 0,5 million yil oldin orolda yashaganligi aniqlangan.
Tahdidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odamlar bilan toʻqnashuvlar ayiqlar sonining kamayishidagi asosiy omildir. Bunday holatlar ayiqlarning shahar hududiga kirgan vaqtida yoki orollardagi ovchilar tomonidan ovlanish vaqtida sodir boʻladi[ iqtibos kerak ]. Ayiqlar populyatsiyasining pasayishiga sabab boʻladigan boshqa omillardan biri, iqlim oʻzgarishidir. Iqlim oʻzgarishlari, hattoki butun turga salbiy taʼsir oʻtkazishi mumkin[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „IUCN Brown Bear subspecies status“. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
- ↑ Stephens, Tim. „DNA Study Clarifies Relationship Between Polar Bears and Brown Bears“. University of California, Santa Cruz Newscenter (2013-yil 14-mart). Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
- ↑ Rozell, Ned. „The Brown Bear: Father of the Polar Bear“. Alaska Science Forum (1996-yil 5-dekabr). 2012-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
- ↑ „Bear Conservation UK“. fourdirections.webspace.virginmedia.com. 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 5,0 5,1 Cahill, J. A.; Green, R. E.; Fulton, T. L.; Stiller, M.; Jay, F.; Ovsyanikov, N. (2013). "Genomic Evidence for Island Population Conversion Resolves Conflicting Theories of Polar Bear Evolution". PLOS Genetics 9 (3): e1003345. doi:10.1371/journal.pgen.1003345. PMID 23516372. PMC 3597504. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3597504.
- ↑ Talbot, Sandra L.; Shields, Gerald F. (1996). "Phylogeography of Brown Bears (Ursus Arctos) of Alaska and Paraphyly within the Ursidae". Molecular Phylogenetics and Evolution 5 (3): 477–494. doi:10.1006/mpev.1996.0044. PMID 8744762.