Kontent qismiga oʻtish

Ultimatum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ultimatum (lot. ultimus — eng oxirgi, soʻnggi) — xalqaro huquqda biron masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumati oldiga diplomatik hujjatda yoki ogʻzaki shaklda bayon qilingan, hech qanday bahs yoki eʼtirozga oʻrin qoldirmaydigan qatʼiy talabi; U. qoʻygan hukumat agar bu talab koʻrsatilgan muddatda bajarilmasa muayyan choralar koʻrishini bildiradi.