Kontent qismiga oʻtish

Uglevodorodlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uglevodorodlar – molekulalari faqat uglerod va vodorod atimlardan tuzilgan organik birikmalar sinfi. Uglevodorodlar tuzilishiga koʻra, atsiklik yoki alifatik (molekuladagi uglerod atomlari birbiri bilan chiziqli yoki tarmoklangan zanjir boʻlib boglangan), izotsiklik yoki karboiiklik (molekulasi 3 ta va undan koʻp uglerod atomi halqasi – siklidan iborat) xilga boʻlinadi. Bu guruh uglevodorodlar atsiklik va aromatik uglevodorodlardan iborat (yana qarang Aromatik birikmalar). Atsiklik uglevodorodlar toʻyingan uglevodorodlar va toʻyinmagan uglevodorodlarsan tashkil topgan. Alitsiklik U. ham toʻyingan va tuyinmagan bulishi mumkin. Uglevodorodlar gomologik katorlar hosil qiladi (yana qarang Organik kime). Neft, tabiiy yonuvchi gazlar, baʼzi sanoat gazlari va smolasi uglevodorodlardan iborat.