Udmurtiya
Udmurtiya, Udmurtiya Respublikasi (udmurtcha: Удмуртия) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Oʻrta Uralning gʻarbiy qismida, Kama va Vyatka daryolari oraligʻida joylashgan. Maydoni 42,1 ming km². Aholisi 1570,5 ming kishi (2002). Udmurtiyada 25 tuman, 6 shahar, 12 shaharcha bor. Poytaxti — Ijevsk shahar.[1]
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Udmurtiya — respublika. Respublika boshligi — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat kengashi, ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.[1]
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U hududi shimolidan jan.ga, sharqdan gʻarbga qiyalab boruvchi sertepa tekislik boʻlib, aksari qismini daryo, jarliklar kesib utadi. Shimoliy qismida Yuqori Kama qirlari bor (bal. 300 m), gʻarbidagi Kilmez daryosi boʻylari botqoqlashgan pasttekislik, janubida Mojga va Sarapul qirlari bor. Foydali qazilmalari: neft, torf, kumir, qurilish materiallari (kvarsli qum, gil, ohaktosh va boshqalar). Mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar (VarziYatchi) mavjud. Iklimi moʻʼtadil kontinental, qishi sovuq, yozi nisbatan iliq, shimolida oʻrtacha temperatura yanvarda —15,5° dan janubida — 14,2° gacha, iyulda 17,5° dan 19,2° gacha. Oʻrtacha yillik yogʻin 400–600 mm. Eng katta daryosi — Kama. Siva, Ij, Vyatka, Chepua, Kilmez va boshqa daryolari Kama havzasiga mansub. Votkinsk suv ombori bor. Tuproklarining aksari chimli podzol, janubi-sharqda sur tusli oʻrmon tuproklari, sharqi, janubiy va shimolida chimlikarbonatli tuproklar uchraydi. Udmurtiya hududining 47,5% oʻrmon (archa, pixta, qaragʻay, togterak va boshqalar). Hayvonot dunyosi: oʻrmonlarda tulki, suvsar, oqsichqon, boʻrsiq, boʻri, kemiruvchilar (tiyin, quyon, dala sichqoni va boshqalar); daryolarda norka, qunduz yashaydi; ondatra iqlimlashtirilgan. Qushlardan budduruq, karqur, qur, kaklik ovlanadi. Daryolarida turli baliq koʻp.[1]
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi udmurt (30,9%), rus (58,9%), tatar (6,9%) va boshqa Shahar aholisi 69,7%. Davlat tillari — rus va udmurt tillari. Dindorlari, asosan, xristian (pravoslav)lar. Yirik shaharlari: Ijevsk, Sarapul, Votkinsk, Glazov.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Udmurtiya hududida odam kadim zamonlardan yashaganligi maʼlum (Yangi Multon qishlogʻida neolit yodgorliklari topylgan). 3—9-asrlarda Vyatka va Kama daryolari oraligʻida udmurt qabilalari birlashmasi vujudga kelgan. 10—12-asrlarda Kuyi Kama va Vyatka boʻylarida yashagan udmurt qibilalari VolgaKama Bulgʻoriyasi tarkibida boʻlgan, uning inqirozidan soʻng 1236-yildan Oltin Oʻrta va Kozon xonliklariga qaram boʻlgan. 1489-yil Oʻrta va Yuqori Vyatka udmurtlari, 1552-yil Kama boʻyi udmurtlari Rus davlatiga qoʻshib olingan. 1558-yilga kelibUdmurtiyaning barcha hududini Rossiya bosib oldi. Jabrzulm kuchayishi sababli xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. 1662—64 yillardagi boshqirdlar qoʻzgʻoloni, Razin qoʻzgʻoloni va Pugachyov koʻzgʻolonida udmurtlar faol katnashdilar, 1905—07 yil lardagi inqilobda ishtirok etdilar. 1917-yil 9 noyabrda Ijevskda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil iyunida Udmurtiya RSFSR tarkibiga qoʻshib olindi. 1919-yil aprelda Udmurtiyani Kolchak qoʻshinlari ishgʻol qildi, oʻsha yil iyunda yana shoʻro hokimiyati tiklandi. 1920-yil Votyaklar muxtor viloyati tuzildi (podsho Rossiyasi davri va 1932-yilgacha udmurtlar votyaklar deb atab kelingan; 1932-yildan xalqning oʻz nomi bilan Udmurtiya muxtor viloyati deb ataldi). 1934-yil 28 dekabrda Udmurtiya Muxtor Sovet Respublikasiga aylantirildi. 1990-yil sentabrda suverenitet haqida Deklaratsiya qabul qilindi va Udmurtiya Respublikasi deb atala boshladi.[1]
Xoʻjaligi va sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Udmurtiya — rivojlangan indus trialagrar respublika. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 46,8%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12,8%, qurilishning ulushi 4,1%, transportning ulushi 3,4%, savdoning ulushi 9,6%. Barcha korxonalarning 69,2% xususiy, 5,1% davlat mulki, 8% munitsipal mulk, krlgan 8,1% mulkchilikning boshqa turlari, jumladan, aralash va xorijiy mulkdir.
Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik, yoqilgʻi, oziq-ovqat, elektr energetika, rangli metallurgiya, kora metallurgiya, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, qurilish materiallari, yengil, kimyo, neft kimyosi sanoatidir. Energetika kumir, neft, gaz va torfga asoslangan. Ijevsk, Sarapul, Votkinsk, Glazovda issiklik elektr stansiyalari bor. Yiliga oʻrtacha 3,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Qora metallurgiya "Ijstal" ishlab chiqarish birlashmasi, Ijevsk va Votkinskdagi metall quyuv korxonalaridan iborat. Glazovdagi Chepets mexanika zavodida atom energetikasida foydalaniladigan va Rossiyada birdanbir sirkoniy olish va uni qayta ishlash sexi ishlaydi. "Votkinsk zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi qitʼalararo ballistik raketalar ishlab chikaradi. Yengil avtomobil, mototsikl, teplovoz, podshipnik, qogʻoz ishlab chiqarish mashinalari, neft, kimyo, yegʻochsozlik sanoati uchun uskunalar, metall qirqish stanoklari, radiotexnika buyumlari, ov va sport kurollari ishlab chiqarish rivojlangan. Respublika shimoliy va gʻarbiy tumanlarida yogʻoch tayyorlanadi. Mebel, uysozlik, yogʻochsozlik, shisha sanoati korxonalari bor. Yengil sanoatda zigʻir tolasini qayta ishlash, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, trikotaj, oziq-ovqat sanoatida goʻshtsut, unyorma, likyoraraq, pivo ishlab chiqarish tarmoklari bor. Neft, kumir, torf, ohaktosh qazib olinadi.[1]
Qishloq xoʻjaligi chorvachilik, gʻallakorlik va zigʻirkorlikka ixtisoslashgan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 1795 ming ga, shundan 1461 ming ga yer haydaladi. Yerlarning salkam 60� donli ekinlar, 35� yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Qolgan yerlar zigʻir, kartoshka, sabzavot va boshqa bilan band. Bogʻ va rezavor mevachilik rivojlangan. Chorvachiligida goʻsht va sut uchun qoramol, shuningdek, choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. Asalarichilik rivojlangan.[1]
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Transport yoʻli uzunligi — 768 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 5332 km. Kama daryosi va Votkinsk suv omborida kema qatnaydi. Kema katnaydigan ichki suv yoʻllari uzunligi — 178 km, Ijevsk shahrida xalqaro aeroport bor. Koʻpgina neft va gaz kuvurlari Udmurtiya hududvdan oʻtadi.[1]
Tibbiy xizmati
[tahrir | manbasini tahrirlash]20-asrning 90-yillari oʻrtalarida Udmurtiyada 7723 vrach aholiga tibbiy yordam koʻrsatdi. Shifobaxsh mineral suv va balchiq bilan davolaydigan "VarziYatchi" kurorti, bir necha sanatoriy va dam olish uylari, sayyohlar makoni va boshqa bor.[1]
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Udmurtiyada taʼlim Rossiya Federatsiyasi taʼlim tizimi asosida rivojlanib kelayotir. 20-asr 90-yillarida respublikadagi 882 umumiy taʼlim maktabida 253 ming, 30 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 21 ming oʻquvchi, 5 oliy oʻquv yurti — Ijevskdagi Udmurtiya universiteti, mexanika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot institutlari, Glazovdagi pedagogika institutida 23,8 ming talaba taʼlim oldi. Udmurtiyada tarix, iqtisodiyot, til va adabiyot, fizikatexnika ilmiy tadqiqotlar institutlari, qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Udmurtiyada 5 teatr, filarmoniya, sirk, shuningdek, Ijevsk va Sarapulda oʻlkashunoslik muzeylari, Votkinskda P.I. Chaykovskiy yodgorlik uymuzeyi, Ijevskda tasviriy sanʼat muzeyi, Glazov shahrida "Idnakar" muzeyqoʻriqxona bor. Udmurtiyada bir necha gazetalar va jurnallar nashr etiladi. Udmurt va rus tillarida radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladi.[1]
Adabiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyoti 19-asrda, Kirill alifbosi asosidagi udmurt yozuvi joriy etilgandan keyin vujudga keldi. 19-asr oxirlarida shoirlardan G.Ye.Vereshchagin, G.P. Prokopyev, 20-asr boshlarida M. Mojgin, K.P.Chaynikov (K. Gerd), adib Kedra Mitrey (D. I. Korepanov) yirik sheʼriy va nasriy asarlar yaratdilar. 20-yillarda sheʼriyat ustun boʻldi. M. Prokopyev, D. Mayorov, I. Dyadyukov, Ashalchi Oka (L. Vekshina), K. Chaynikov oʻz sheʼr va dostonlarida voqelikni romantik ifodalashdan haqqoniy tasvirlashga oʻtdilar. P. M. Sokolov. M.N. Timashyovning sahna asarlari, K. Mitrey, D. Pinyaning qissa va romanlarida udmurt xalqining bosib oʻtgan yoʻli va hayoti tasvirlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida adabiyot xalqni fashizmga qarshi kurashga ruxlantirdi. 20-asrning 2yarmida M.P.Petrov ("Tongotar chogʻi", "Eski Multon"), I.G.Gavrilov ("Oftob chik,di"), Ye.Ye.Zagrebin ("Baxrr yomgʻiri"), S.A. Samsonov ("Tungi qoʻngʻiroq") yirik asarlar yaratdilar. Sheʼriyatda F. Vasilyev, A. Belonogov, A. Uvarov, V. Romanov, V. Ivshin barakali ijod qildilar.[1]
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Udmurtiya xududida mil. av. 1-ming yillik — mil. 2-ming yillikning Iyarmiga oid koʻpgina badiiy yodgorliklar topilgan. 17-asrning 2yarmida yogʻoch qoʻrgʻonlar (Sarapul va boshqa shaharlarda) qurildi. 18-asr oʻrtalarida zavodlar tevaragida shaharchalar vujudga keldi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Sarapul, Glazov, Ijevsk, Votkinsk sh.lari bosh reja asosida kurila boshladi (meʼmorlar V. Geste, S.Dudin, V. Petenkin, F. Roslyakov va boshqalar). 19-asr 1yarmi binolar meʼmorligida ampir uslubi urf boʻldi. Udmurtiyadagi turar joylar devori yogʻochlarni ustmaust taxlash usulida tiklanar, hovli atrofi oʻralib, naqshinkor darvozalar oʻrnatilar edi. 20-asrning 20— 30-yillari meʼmorligida konstruktivizm, 40—50 yillarida klassitsizm (Ijevskdagi sirk, meʼmori P. Popov, Pushkin koʻchasidagi meʼmoriy majmua, meʼmori V. Orlov va boshqalar) shakllaridan foydalanildi. 60—70yillarda shaharlarda yangi turar joy daxalari, meʼmoriy majmualar (Ijevskda maʼmuriymadaniy markaz (meʼmori G. Aleksandrov) barpo etildi.[1]
20-asrning 20-yillarida tasviry sanʼat vujudga keldi. Zamonaviy rassomlar orasida N. Kosolapoye, A. Xolmogorov, P. Semyonov, D. Xodirev, I. Nurmuxametov, B. Postnikov, P. Yolkin asarlari mashhur. Xalq amaliy bezak sanʼatida kashtachilik, badiiy toʻquvchilik keng yoyilgan.[1]
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqasi qoʻshni xalkdar — finugor, turkiy va slavyanlar sanʼati bilan hamohang tarzda rivojangan. Qoʻshiqlari koʻp ovozli va xilmaxil janrli — tuy, marosim, dehqonchilik va ov mavsumlari, surgun, jang va muhabbat qoʻshiqlaridan iborat. Cholgʻu asboblari: gusli (krez), sibizgʻa (chipchirgan), fleyta (uzigumi), choʻpon nayi (tutekton), shuningdek, garmon, balalayka, skripka, gitara kabilar. Professional musika 20-asrning 20-yillaridan rivojlana boshladi. Kompozitorlardan N. Golubev, N. Grexovodov, G. Korepanov, G. KorepanovKamskiy, L. Vasilyev, Yu. Tolkach, dirijyorlardan A. Mamontov, G. Bexterov, R. Ankudinova, xonandalardan K. Lojkin, N. Zubkov, G. Titov mashhur. Udmurtiyada "Italmas" davlat ashula va rake ansambli (1933-yildan), radio va televideniye xori, musiqa bilim yurti (1933-yildan), Xalq ijodiyoti uyi (1936-yildan), musiqa maktablari bor.[1]
Teatri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-yil udmurt tilida dastlabki drama spektakllari sahnalashtirildi. 20-yillardan sayyor xalq teatrlari ishladi. 1931-yil Ijevskda Udmurt drama teatri (1958-yildan musiqali drama teatri) ochildi. 30-yillarda Alnash (1934), Glazov va Debes (1936) qishloq teatrlari tashkil etildi. 1935-yil Rus drama teatri va respublika qoʻgʻirchoq teatri ishlay boshladi. Udmurt drama teatri sahnasida mahalliy mualliflardan I. Gavrilov. M. Petrov, G. Krasilnikov, Ye. Zagrebin, L. Perevoshchikov, S. Shirobokov, qoʻshni respublikalar dramaturglar va jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari qoʻyildi. Teatr arboblaridan G. Veretennikov, N. Bakisheva, V. Perevoshchikov, K. Gavrilova, V. Vinogradova, A. Shklayeva, Ye. Romanova va boshqalar mashhur.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |