Uber Eats
Turi | Shoʻba |
---|---|
Tarmogʻi | Onlayn ovqat buyurtma qilish |
Egasi | Uber |
Qachon asos solingan | 26-avgust, 2014-yil[1] (UberFRESH nomi ostida) |
Joylashuvi | San Francisco, Kaliforniya, AQSh |
Hududiy xizmati | 45 davlat va 6,000 shaharlarda |
Asoschi(lari) |
Travis Kalanick Garrett Camp |
Rahbariyat | Dara Khosrowshahi (CEO)[2] |
Aylanma daromadi | $8.30 milliard (2021)[3] |
Vebsayti | ubereats.com |
Uber Eats – Uber kompaniyasi tomonidan 2014-yilda ishga tushirilgan oziq-ovqatlarga onlayn buyurtma orqali yetkazib berish hizmati[4]. Ovqatlar kuryerlar tomonidan turli usullar, jumladan, avtomobillar, skuterlar, velosipedlar yordamida yoki piyoda holatda yetkazib beriladi[5]. U 2021-yil hisobiga koʻra, 45 mamlakatning 6000 dan ortiq shaharlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[6].
Oziq-ovqatlarni yetkazib berish jarayoni Uber haydovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Uber Eats har kuni oʻz xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan shaharlarda, hamkorligi yoʻlgan qoʻyilgan restoranlardan buyurtma qilingan taomlarini yetkazib beradi[7]. 2020-yilda kompaniya restoranlarga Uber Eats bilan hamkorlik qilish uchun, kechki vaqtlarda yetkazib berish xizmatidan foydalangan mijozlar uchun 13-40% miqdorida chegirma qilish sharti qoʻyilgani bois, monopoliyaga qilish maqsadida narxlarni manipulyatsiya qilganlikda ayblanib, ishi sudga oshirilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uber Eatsga egalik qiluvchi Uber kompaniyasiga 2009-yilda Garrett Camp va Travis Kalanick tomonidan asos solingan[8][9]. Kompaniya oziq-ovqat yetkazib berishni 2014-yil avgust oyida Kaliforniyaning Santa Monica shahrida UberFRESH nomi ostida boshlagan[10]. 2015-yilda platforma nomi UberEats deb oʻzgartiriladi[11] va buyurtma berish uchun alohida ilova ishlab chiqiladi[12][13][14]. 2016-yilda u London[15] va Parijda[16] ham oʻz faoliyatini boshlagan.
2018-yil noyabr oyida kompaniya Yevropa bozorlarida ishchi kuchini uch baravar oshirish boʻyicha rejalarini eʼlon qilgan. 2018-yil noyabr oyi holatiga koʻra, kompaniya Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bozorlaridagi 20 mamlakatning 200 ta shahrida oziq-ovqat yetkazish xizmatini amalga oshirgan[15].
2019-yil yozda Uber Eats Shimoliy yarimsharda dronlar orqali oziq-ovqat yetkazib berish ishlarini boshlash haqida maʼlum qilgan[17]. Iyul oyida Uber Eats baʼzi shaharlarda restoranlarda oldindan stol buyurtma qilish imkoniyatini taklif qila boshlaydi, bu esa mijozlarga oldindan ovqat buyurtma qilib, keyin restoranda ovqatlanish imkonini beradi[18].
2019-yil sentyabrida Uber Eats Janubiy Koreya bozorini tark etishi haqida xabar beradi. Reuters buni Koreyadagi oziq-ovqat yetkazib berishdagi kuchli raqobat sababli deya izohlagan[19]. Shu yilning oktyabr oyida kompaniya ilova orqali zakaz berib, restoranlardan olib ketish xizmatini ham ishga tushiradi[20]. 2019-yil 15-oktabrda esa Burger King fast-foodlarini butun Qoʻshma Shtatlar boʻylab yetkazib berish boʻyicha muvaffaqqiyatli shartnoma imzolaganligi maʼlum boʻladi[21].
2020-yil 21-yanvarda Zomato Hindistondagi Uber Eatsning barcha aksiyalarini sotib olishini eʼlon qilgan[22]. Shartnomaning bir qismi sifatida Uber Zomatoning 10% ulushiga ega boʻlgan va Zomato Hindistondagi Uber Eatsning barcha mijozlariga xizmat koʻrsata boshlagan. Kelishuv vaqtida Zomato taxminan 3,55 milliard dollarga baholangan[23].
2020-yilning 28-yanvarida Uber Eats McDonald’sning Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi Just Eat oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyasi bilan hamkorlik qilganligi sababli tarmoq mahsulotlarini Britaniya boʻylab yetkazib berish huquqiga ega emasligi xabar qilgan[24]. Kompaniya bir yil avval McDonald’s mahsulotlarini AQSh boʻylab yetkazib berish huquqidan mahrum boʻlgan edi[25].
2020-yil mart oyida, COVID-19 pandemiyasi davrida Uber Eats yangi mijozlari soni 30 foizga oshganini qayd etgan[26]. Shuningdek, ushbu davrda kompaniya restoranlardan 30% dan 35% gacha komissiya undirgani uchun tanqidga uchragan[27][28].
2022-yil aprel oyida Uber Eats Buyuk Britaniyadagi eng yirik supermarketlar tarmogʻi Tesco bilan hamkorlik qilib, 20 ta doʻkonda buyurtmani bir soat ichida yetkazib berilishi kafolatlangan xizmatlarini boshlagan[29].
2022-yil 16-mayda Uber Eats Los-Anjelesda Serve Robotics va Motional bilan hamkorlikda ikkita inson omilisiz yetkazib beruvchi uchuvchilarni ishga tushiradi[30].
2024-yil yanvarida Uber oʻz brendini Uber Eatsda birlashtirish maqsadida 2024-yil martigacha Drizly spirtli ichimliklar yetkazib berish xizmatini yopishi haqida eʼlon qiladi. Kompaniya faoliyati toʻxtatilgan ilovalarni Uber Eats bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda[31].
Moliya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Daromad |
---|---|
2017 | 0.6 |
2018 | 1.5 |
2019 | 1.9 |
2020 | 4.8 |
2021 | 8.3 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Uber Begins Testing Lunch Delivery with UberFRESH“ (2014-yil 26-avgust).
- ↑ Bhuiyan, Johana. „Uber CEO Dara Khosrowshahi says UberEats has a $6 billion bookings run rate“. Recode (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Uber Eats Revenue and Usage Statistics (2022)“ (en-US). Business of Apps (2020-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
- ↑ Wright, Johnathan L.. „Uber Eats debuts Wednesday in Reno“. Reno Gazette Journal (2017-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
- ↑ Said, Carolyn „UberEats comes to S.F., offering meal deliveries“. SF Gate (2015-yil 18-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Uber Help“ (en). Uber. 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
- ↑ Chen McCain, Shiang-Lih; Lolli, Jeffrey; Liu, Emma; Lin, Li-Chun (2022-08-25). "An analysis of a third-party food delivery app during the COVID-19 pandemic" (en). British Food Journal 124 (10): 3032–3052. doi:10.1108/BFJ-03-2021-0332. ISSN 0007-070X. https://www.emerald.com/insight/content/doi/10.1108/BFJ-03-2021-0332/full/html.
- ↑ Lagorio-Chafkin, Christine „Resistance is Futile“. Inc (2013-yil avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-mart.
- ↑ Bacon, James „Innovation Uber alles“. The Washington Times (2012-yil 2-fevral). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
- ↑ Etherington, Darrell „Uber Begins Testing Lunch Delivery With UberFRESH“. Tech Crunch (2014-yil 26-avgust). Qaraldi: 2015-yil 2-iyun.
- ↑ Elliott, Farley „UberFRESH Rebrands to UberEATS Just in Time to Expand Like Crazy“. Eater (2015-yil 4-may). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Uber's first spinoff app is a food delivery service in Toronto“ (2015-yil 9-dekabr).
- ↑ Kosoff, Maya „How Uber's latest update could pose a major threat to GrubHub“. Business Insider (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
- ↑ Tepper, Fitz „Uber's New Update Gives Food Delivery As Much Attention As Transportation“. TechCrunch (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
- ↑ 15,0 15,1 Turner, Gilles. „Uber Plans to Triple Headcount on Food Delivery in Europe Region“. Bloomberg News (2018-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
- ↑ Fresne, Patrick. „French Revolution 2020:Food wars down the virus haunted streets of France“. Gold and Revolution (2021-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ Jeremy, Bogaisky. „Uber Eats To Test Flying Food To Customers By Drone In San Diego“ (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- ↑ Constine, Josh. „Uber Eats invades restaurants with Dine-In option“ (en-US). TechCrunch. San Francisco: Yahoo! Inc. (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Park, Ju-Min. „Uber Eats to pull out of South Korea amid tough competition“ (en). Reuters (2019-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ Tyko, Kelly. „Uber Eats launches delivery alternative with new pickup feature“ (en-US). Washington: Gannett (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
- ↑ Albrecht, Chris. „Amid Layoffs, Uber Eats Partners with Burger King“ (en-US). The Spoon (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ Singh, Manish. „Uber sells food delivery business in India to Zomato“ (en-US). TechCrunch. Mumbai: Yahoo! Inc. (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
- ↑ Goel, Vindu; Conger, Kate. „Uber Sells Food Delivery Business in India“ (en-US) (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ Ziady, Hanna. „Uber suffers another blow as it loses McDonald's delivery monopoly in the UK“. CNN. London: Warner Bros. Discovery (2020-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ Kelso, Alicia. „McDonald's UK taps Just Eat for delivery, ends Uber Eats exclusivity“ (en-US). Restaurant Dive. Washington: Industry Dive (2020-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ Chiappetta, Marco „Uber Eats Demand Soars Due To COVID-19 Crisis“ (en). Forbes (2020-yil 25-mart). Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
- ↑ Batey, Eve. „Delivery Apps Refuse to Temporarily Decrease the Fees They Charge Restaurants“ (en). Eater SF. San Francisco: Vox Media (2020-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
- ↑ Fickenscher, Lisa; Manskar, Noah. „Uber Eats cuts fees for NYC restaurants as Grubhub rivalry heats up“ (en-US). New York: News Corp (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
- ↑ Linsell, Katie. „Uber Partners With Tesco for Fast Grocery Delivery in the U.K.“. Bloomberg News (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2022-yil 3-may.
- ↑ Bellan, Rebecca. „Uber Eats pilots autonomous delivery with Serve Robotics, Motional“ (en-US). TechCrunch. San Francisco: Yahoo! Inc. (2022-yil 15-may). Qaraldi: 2022-yil 16-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Delouya, Samantha. „Uber is shutting down alcohol delivery app Drizly“ (en). CNN. Atlanta: Warner Bros. Discovery (2024-yil 15-yanvar).
- ↑ Newcomer, Eric „Uber Has a New Growth Story“. Bloomberg (2019-yil 12-aprel).