Kontent qismiga oʻtish

Tunisliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tunisliklar, Tunis arablari — xalq, Tunisning asosiy aholisi (8,2 mln. kishi). Umumiy soni 8,6 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Arab tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar. T. mamlakatning tub aholisi barbarlar bilan Tunis davlati barpo etilishi jarayonida Afrikaning shim.garbiga kirib kelgan (7-asrdan) arablar aralashuvidan shakllangan. Fransiya mustamlakachiligi (1881 — 1956) ga karshi milliy ozodlik harakati T.ning millat boʻlib uyushuvida va Respublika eʼlon qilingach (1957), Tunisning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlanishida muhim rol oʻynadi. T.ning aksariyati dehqonchilikda band, yarim koʻchmanchi hayot tarzini saqlab qolgan choʻlda yashaydiganlari — chorvadogzlar.