Tomb Raider
Tomb Raider (inglizchadan tarjimasi „Dahma talonchisi“; 2001-yildan 2008-yilga qadar Lara Croft: Tomb Raider) Core Design britan shirkati yaratgan mediafranshizadir. Mediafranshiza bosh qahramoni umumjahon boʻylab yoʻqolgan artefaktlarni izlaydigan hamda xatarli daxma va vayronalarga kirib boradigan arxeolog va sarguzashtchi qiz Lara Croft (talaffuzi: Lara Kroft) ismli xayoliy personajdir. 1996-yilda Tomb Raider nomli ilk videooʻyin chiqarildi. Oʻyin Core Design tomonidan ishlab chiqarildi, Eidos Interactive tomonidan esa nashr etildi. Ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻldi.
Tomb Raider videooʻyinlari shu kungacha umumjahon boʻylab 88 milliondan oshiq nusxada sotilgan.[1] Ushbu oʻyinlar tanqidchilar tomonidan xush qarshilanib, Lara Croft personajini eng taniqli videooʻyin protagonistlaridan biriga aylantirdi. Ushbu xayoliy personaj koʻplab yutuqlarga sazovor boʻldi, Oʻyin xiyoboni (inglizcha: Walf of Game) da oʻz yulduziga ega boʻldi hamda Guinness rekordlar kitobiga ham kirdi.
Komikslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tomb Raider/Witchblade: Trouble Seekers
- Tomb Raider: Compendium
- Tomb Raider: Saga of the Medusa Mask
- Tomb Raider: Mystic Artifacts
- Tomb Raider: Chasing Shangri La
- Tomb Raider: Pieces of Zero
- Tomb Raider: Scarfaceʼs Treasure
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"SQUARE ENIX REVEALS OUTRIDERS WORLDSLAYER" - Square Enix North America Press Hub“. press.na.square-enix.com. Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |