Terskay olatovi
Qiyofa
Terskay olatovi - Tyanshandagi togʻ tizmasi. Janudida Issiqkoʻl soyligi bilan chegaradosh. Eng baland joyi 5216 m. Uzunligi 380 km. Asosan, granit, metamorfik slanets, ohaktoshlardan tuzilgan. Shimoliy yon bagʻri tik va baland, koʻplab daryolarning chuqur daralari bilan oʻyilib ketgan, janubiy yon bagʻri qiya, 3600– 4000 m balandlikda tekis sirtlarga qoʻshilib ketadi. Muzliklarning umumiy maydoni 1080 km². Shimoliy yon bagʻrining daralarida Tyanshan qora qaragʻayi oʻrmonlari, togʻ qirralari yaqinida baland togʻ oʻtlokdari va oʻtloq dashtlar, janubiy yon bagʻrida toshloq tundra bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |