Kontent qismiga oʻtish

Tenochtitlan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tenochtitlan (Tenochtitlan) - atsteklar davlati poytaxti (14—16-asrlar). Rivoyatlarga koʻra, Teskoko koʻlining gʻarbiy qismidagi orolda 1325-yil barpo etilgan. Shahar xarobasi maydoni 1000 ga ni tashkil etgan. T.ni koʻplab kanallar kesib oʻtgan, shahar koʻtarma koʻpriklari boʻlgan 3 ta damba yordamida quruklik bilan bogʻlangan. Shahar 4 rn — Kuepopan, Teopan, Moyotlan va Astakalkoga, ular esa oʻz navbatida xar biri 5 kvartal (mahalla)ga boʻlingan. T. markazida mahobatli ibodatxonalar (bosh ibodatxonaning bal. 30 m), hukmdorlar va zodagonlar saroylari joylashgan; shahar doirasida hunarmandlarning maxsus mahallalari — Amantlan va boshqa mavjud boʻlgan. Meksika ispan bosqinchilari tomonidan bosib olinayotgan vaqtda T. butkul vayron qilingan (1521) va uning xarobalari oʻrnida Mexiko shahriga asos solingan.

Javli Tursunov.