Tarki
Qiyofa
Tarki — oʻrta asr shahri. Maxachqalʼa (Dogʻiston)dan 4 km masofada, Kavkaz togʻlari va Kaspiy dengizi oraligʻidagi tor togʻlik yerda, qumiqlar yashaydigan hududda joylashgan. Volga boʻyidan Zakavkazye va Eronga boruvchi savdo yoʻli T.dan oʻtgan. 1396-yil Amir Temur T.da boʻlgan. 16—17-asrlarda T. Shamxalning poytaxti boʻlgan. 17-asrda — Shamxal qalʼasi va saroyi boʻlgan kichik shahar. 16—17-asrda shahar bir necha harbiy tajovuzlarni boshidan kechirgan. 1668-yil S. Razin otryadlari T.ni talontaroj qilgan. 1821-yil T.da togʻ tepasida ruslarning Burnaya qalʼasi qurilgan. 1844-yil T. yaqinida Petrovskoye istehkomi (hozirgi Maxachqalʼa sh.) qurilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |