Taqiqlovchi belgisi
Umumiy taqiqlovchi belgisi[1] norasmiy ravishda man etish belgisi sifatida ham tanilgan. Odatda u biror bir faoliyatga ruxsat etilmaganligi haqida ogohlantiriladi yoki nima taqiqlanganligini tavsiflovchi qoʻshimcha matnga ega boʻladi.
Tashiq koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]ISO xalqaro standartlariga koʻra (shuningdek, Buyuk Britaniya qonun hujjatlariga muvofiq) taqiqlovchi belgisining qizil maydon bilan belgilangan qismi umumiy maydonining kamida 35 foizini egallashi kerak. Buyuk Britaniya qoidalariga koʻra, bu taqiqlovchi belgisining qizil maydon bilan belgilangan qismi umumiy qismi 80 foizini tashkil qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1686-yilda Yevropada birinchi maʼlum boʻlgan Yoʻl harakati qoidalari toʻgʻrisidagi qonun Portugaliya qiroli Pyotr II tomonidan tuzilgan. Ushbu akt Lissabonning eng tor koʻchalarida yoʻl berish uchun qaysi transport vositalari orqaga qaytishi kerakligini koʻrsatadigan ustuvor belgilarni joylashtirishni nazarda tutgan. Ushbu belgilardan biri Alfama mahallasidagi Salvador koʻchasida hali ham mavjud[2].
Ishlatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtotransport vositalarining harakatlanishini tartibga soluvchi yoʻl belgilarida qoʻllanishi
Yoʻl belgilarida taqiqlovchi belgisi ham qoʻllanadi, buning natijasida haydovchilar bu yoʻl harakati belgisi orqali yoʻlning baʼzi qismlarda yoki kunning maʼlum bir muddatlarida harakat taqiqlanganligini bilib olishi mumkin[3]. Masalan:
- Chapga harakatlanish taqiqlangan Oʻngga harakatlanish taqiqlangan
- Burulish taqiqlangan
- Avtotransport vositalarini qoʻyish taqiqlangan yoki bu belgining Ispanyada qoʻllanadigan analogi
- Yoʻl avtotransport vositalari uchun yopiq, yoki bu belgining Germaniyada qoʻllanadigan analogi
Avtotransport vositalaridan tashaqari harakatlanishni tartibga soluvchi yoʻl belgilarida qoʻllanishi
Bu belgidan foydalanish faqat avtotransport vositalari haydovchilarini xabardor qilish bilan cheklanmaydi va odatda transportning boshqa shakllarida ham qoʻllanadi[4]:
- , Ot minish taqiqlanadi
- , Velosipeddan foydalanish taqiqlanadi
- , Piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi
Umumiy taqiqlar va ogohlantirishlarni bildiruvchi belgilarda qoʻllanishi
Taqiqlovchi belgisi notijorat maqsadlarida maʼlum faoliyatni ogohlantirish yoki taqiqlash uchun ishlatiladi:
Boshqa alternativ koʻrinishlari
Shuningdek, bir nechta taqiqlovchi belgilar boshqa alternativ koʻrinishlarda keladi[5][6].
U 26D4 ⛔ Kirish taqiqlanadi
U 1F4F5 📵 Uyali telefonlar taqiqlanadi
U 1F51E 🔞 18 yoshdan oshmaganalar taqiqlanadi
U 1F6AB 🚫 Kirish taqiqlanadi
U 1F6AD 🚭 Chekish taqiqlanadi
U 1F6AF 🚯 Axlat tashlash taqiqlanadi
U 1F6B1 🚱 Ichimlik uchun yaroqsiz suv manbasi
U 1F6B3 🚳 Velosipedlar taqiqlanadi
U 1f6b7 🚷 Piyodalar taqiqlanadi
U 1F6C7 🛇 taqiqlangan belgisi
Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan taqiqlovchi belgilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston hududida taqiqlovchi belgilar yoʻl harakati qoidalarining uchinchi bolmida keltirib oʻtilgan boʻlib 33 ta belgini oʻz ichiga olgan.
3.1 „Kirish taqiqlangan“ Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlangan
3.2 „Harakatlanish taqiqlangan“ Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.3 „Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan“
3.4 „Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan“ Toʻla vazni 3.5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki toʻla vazni belgida koʻrsatilganda ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tizimlarining, shuningdek, traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Bu belgi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3.5 „Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan“
3.6 „Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan“ Traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.7 „Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan“ Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik trasport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.
3.8 „Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan“ Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, mol (poda) haydab oʻtish taqiqlanadi.
3.9 „Velosipedda harakatlanish taqiqlangan“ Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.10 „Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan“
3.11 „Vazn cheklangan“ Haqiqiy umumiy vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tizimlarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.12 „Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan“ Birorta oʻqiga tushadigan haqiqiy ogʻirligi belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.13 „Cheklangan balandlik“ Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.14 „Cheklangan kenglik“ Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.15 „Cheklangan uzunlik“ Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalari (transport vositalarining tizimlari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.16 „Eng kam oraliq“ Belgida koʻrsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.
3.17.1 „Bojxona“ Bojxona (tekshiruv maskani) oldida toʻxtamasdan oʻtish taqiqlanadi.
3.17.2 „Xavf-xatar“ Yoʻl-trasnport hodisasi yoki boshqa xavfli holatlar tufayli barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.18.1 „Oʻngga burilish taqiqlanadi“
3.18.2 „Chapga burilish taqiqlanadi“
3.19 „Qayrilish taqiqlanadi“
3.20 „Quvib oʻtish taqiqlanadi“ Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.
3.21 „Quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri“
3.22 „Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan“ Toʻla vazni 3.5 tonnadan ortiq boʻgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno.
3.23 „Yuk avtommobillarida quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri“
3.24 „Yuqori tezlik cheklangan“ Belgida koʻrsatilgan ortiq tezlikda (km/soat) harakatlanish taqiqlanadi.
3.25 „Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri“
3.26 „Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan“ Yoʻl transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanadi. Dam olish uylari, kasalxonalar, sanatoriylar, bolalar dam olish oromgohlari oldida ortiqcha shovqin solinmasligi uchun oʻrnatiladi. Yoʻl transport hodisasining oldini olish maqsadida istisno tariqasida tovush moslamasidan foydalanish (tovush signali berish) mumkin
3.27 „Toʻxtash taqiqlangan“ Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi. Serqatnov yoʻlning tor qismlarida Transport vositalarining uzluksiz harakatini yuqori darajada taʼminlash uchun ushbu belgi oʻrnatilib, belgilangan yoʻnalishli transport vositalaridan boshqa barcha transport vositalarining toʻxtashini taqiqlaydi. Ushbu belgi belgilangan yoʻnalishli transport vositalariga taʼsir etmaydi.
3.28 „Toʻxtab turish taqiqlangan“ Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlangan. Yoʻlning yetarli darajada keng boʻlmagan qismlariga ushbu belgi oʻrnatilib, barcha transport vositalarining oʻn minutdan ortiq turishlarini taqiqlaydi. (Taksometri ishlab turgan taksi avtomobili, nogiron haydovchilarga tegishli avtomobil va motokolyaska yuk ortilayotgan yoki tushirayotgan avtomobillar bundan mustasno)
3.29 „Oyning toq kunlarida toʻxtab turish taqiqlanadi“
3.30 „Oyning juft kunlarida toʻxtab turish taqiqlanadi“
3.31 „Barcha cheklovlarning oxiri“ 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26-3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"ISO Symbol P001: General prohibition sign". www.iso.org. Retrieved 2019-03-17.“.
- ↑ „Prasad, Prakash Charan (1977). Foreign Trade and Commerce in Ancient India. Abhinav Publications. p. 117.“.
- ↑ „"Official ISO template for prohibition sign".“.
- ↑ „"Graphical symbols — Safety colours and safety signs — Part 1: Design principles for safety signs in workplaces and public areas"“.
- ↑ „https://www.unicode.org/charts/PDF/U1F680.pdf“.
- ↑ „https://www.unicode.org/charts/PDF/U1F300.pdf“.
- ↑ „3. Taqiqlovchi belgilar“.